GʻARBIY AVSTRALIYA

GʻARBIY AVSTRALIYAAvstraliya Ittifoqining gʻarbiy qismidagi shtat. Mayd. 2,53 ming km2. Aholisi 1,9 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pert sh. Yer yuzasining aksari qismi bal. 400—500 m li choʻlli plato (Gibson, Katta Qumli, Katta Viktoriya choʻllari). Shoʻr koʻl koʻp. Shim. da savannalar bor. Gʻarbiy va shim.-gʻarbiy qismida togʻ tizmalari va massivlar uchraydi. Eng baland joyi 1226 m (Xamersli togʻi).

Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik, asosan, jun uchun qoʻy boqiladi. Bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Jan.-gʻarbida tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Shim.-gʻarbiy qismida, Ord daryosi boʻyida sugʻorib dehqonchilik qilinadi: paxta, sholi, shakarqamish ekiladi. Foydali qazil-malardan oltin, temir rudalarining yirik konlari bor. Nikel, boksit, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Qora va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Yirik sanoat markazlari: Frimantl, Kuinana, Kalgurli va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x