Fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat o‘quvchi mobil dastur yaratildi

Fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat o‘quvchi mobil dastur yaratildi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi yana bir qulay tizimni ishga tushirdi.

Ushbu loyiha barcha davlat tashkilotlari, mobil operatorlar, bank va aholiga xizmat ko‘rsatadigan boshqa tadbirkorlik ishlarida qo‘l kelib, hujjat bilan bog‘liq har qanday shartnoma tuzish jarayonida tezkorlikni ta’minlaydi. Vaqt tejash imkoniyati tufayli ko‘proq mijozga xizmat ko‘rsatishga erishiladi.
Mazkur hujjat o‘quvchi mobil dastur ID-kartadagi QR kodni va NFC chipni yoki biometrik pasportdagi mashina o‘quvchi zona (MZR)ni skaner qilish orqali elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalaridan va davlat idoralarining tegishli axborot tizimlaridan fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari, vaqtincha va doimiy turar manzili hamda boshqa ma’lumotlarni avtomatik tarzda olish va tegishli maydonlarni to‘ldirish imkoniyatini beradi.
Bu o‘z navbatida xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar ishini yengillashtiradi. Ilgari foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni tizimga kiritish uchun 5-7 daqiqa vaqt ketgan bo‘lsa, endilikda bu jarayon 30 soniyadan 1 daqiqagacha qisqardi.
Bundan tashqari, mijozlarni ID-kartalarda mavjud bo‘lmagan manzil bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etish borasidagi ovoragarchilikdan ham qutqaradi.
Hozirda ushbu hujjat o‘quvchi mobil dastur respublikamizning bir qator yirik kompaniyalarida sinov tariqasida joriy etilmoqda.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x