POLING

POLING (Pauling) Laynus Karl (1901.28.2, Portlend – 1994.19.8) – amerikalik fizik va kimyogar, jamo-at arbobi. Falsafa dri (1925; Kaliforniya (1931), Stanford (1969—74) un-tlari prof., AKSH Milliy FA aʼzosi. Amerika kimyogarlar jamiyati raisi (1948-y. dan). Kristall panjaralardagi «defekt struktura» tipi tushunchasini joriy etgan. Amerikalik fi-zikkimyogar D. Slayter bilan birga mo-lekulalar strukturasini tasvirlash va oʻrganishning kvant-mexanik bogʻlar usulini ishlab chiqqan. Ksenon birikmalarini (XeF6 va XeFg) sintez qilish usulini koʻrsatib bergan (1933). Oqsillarni strukturaviy tahlil qilish usuliga asos solgan (J. D. Benal va U. L. Bregg b-n). Oqsil molekulasining a-spiral tuzilishini ifodalab bergan (R. Korn b-n). Kamkrnlik kasalligi (ane-miya)ning kelib chiqish sabablarini oʻrgangan. Dezoksirobonuklein kislota (DNK)ning 3 ta polidezoksiribonuk-leotid zanjirdan iborat gipotetik modelini ishlab chiqqan. Paguosh kon-ferensiyasi tashkilotchilaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1954).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x