FULA

FULA, fulbe, fulfulde, fulani, ful, pyol, tukul o r — kongokordofan tillark oilasining gʻarbiy atlantik tarmogʻiga mansub, Gʻarbiy Afrikada Atlantika okeani qirgʻoqlaridan Chad koʻligacha boʻlgan hududda (Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Senegal, BurkinaFaso, Niger va b. mamlakatlarda) tarqalgan til. Baʼzi hududlarda, ayniqsa, Gvineya va Shim. Kamerunda qabilalararo, urugʻlararo aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 23 mln. kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Asosiy laxjalari: futatoro (Senegal), futajallon (Gvineya), masina (Mali), shim. Nigeriya (Nigeriya), adamaua (Gʻarbiy Nigeriya, Kamerun).

Fulaning fonetik belgilari: undoshlar tizimida jarangsiz, jarangli, boʻgʻiz, burun undoshlari farklanadi; unlilar kiskalik — choʻziklik boʻyicha ajratiladi. Fula tuzilishi, asosan, sintetik, qisman agtlyutinativ xususiyatga ega.

Fulada 17 — 19-a. larda diniy, tarixnavislik, maishiy mazmundagi matnlar yaratish maksadida arab yozuvining ajamiy deb nomlangan turidan foydalanilgan; 20-a. ning 2yarmida lotin grafikasi asosidagi yozuv keng tarqaladi, folklor matnlari, marosim va epik sheʼriyat namunalari nashr etiladi. Shunday boʻlsada, umumiy adabiy meʼyor mavjud emas.

Ad.: Koval A. I., Zubko G. V., Yazыk fula, M., 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x