FUCHJOU

FUCHJOU — Xitoyning jan. sharqiy qismidagi shahar. Fuszyan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 5,8 mln. kishi (1998). Minszyan daryosi boʻyidagi yirik savdo porti. Kema verfi, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika, toʻqimachilik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Mahalliy q. x. va oʻrmon xoʻjaligi hamda dengiz mahsulotlari qayta ishlanadi. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan, lokli buyumlar, yogʻoch oʻymakorligi, chinni idishlar, bambuk va teridan turli buyumlar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x