FRISTAYL

FRISTAYL (ing. free — erkin, style — usul) — togʻ changʻi sporti turi. Fristaylning 3 ta turi bor: mogul, changʻi baleta, changʻi akrobatikasi. Mogul — pastbaland trassadan togʻ changʻisida tez tushish; changʻi baleti — tepalikdan turli shakllar (qadamlar, aylanishlar, burilishlar va b.) bajarib tushish; changʻi akrobatikasi — 2 m. li tramplindan bir necha akrobatik shakllarni bajarib (salto, piruetlar va b.) sakrashdan iborat. Sportchilar bajargan elementlarning ogʻirengilligi va ijrosining aniqligi, shuningdek, artistik mahorati hakamlar tomonidan baholanadi.

Fristayl changʻichilarning dam olish turi boʻlgan. Tomoshabopligi uchun changʻi boʻyicha oʻtqaziladigan tadbirlarga kiritilardi. Fristayl boʻyicha birinchi musobaka 1971-y. da AQSHning NyuXampshir sh. yaqinida oʻtkazilgan. 1978-y. da Xalqaro changʻi sporti federatsiyasi qoshida Fristayl boʻlimi ochilgan, unga 100 dan ortiq davlat aʼzo (2004). Bu boʻlim 1978-y. dan jahon kubogi, 1986-y. dan jahon chempionatini oʻtkazib keladi. 1992-y. da mogul, 1994-y. da changʻi akrobatikasi olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin oldi. Fristayl AQSH, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Fransiya va Skandinaviya davlatlarida rivojlangan.

Oʻzbekistonda Fristayl 20-a. ning 90-y. lari boshidan ommalashdi. Vasila Semenchuk 1991-y. da jahon chempioni boʻldi. Uning gʻalabalarini L. Cheryazova davom ettirdi. Sergey Brener, Larisa Udodova, Irina Chernikova kabi sportchilar qita musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashishgan. Oʻzbekiston F. federatsiyasi 1992-y. da tuzilgan, oʻsha yili xalqaro tashkilotga qabul qilingan. Toshkentdagi qishki sport turlariga ixtisoslashgan maktabda Fristayl boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. 4 nafar murabbiy 800 dan ziyod shugʻullanuvchiga Fristayldan saboq beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x