FRIDMEN

FRIDMEN (Fridman) Milton (1912.31.7, NyuYork) — amerikalik iqtisodchi, iqtisodiy nazariyada Chikago maktabining yetakchi vakili. Ratgers un-tini tugatgan (1932). Falsafa (1946) va huquq (1968) dri. Chikagodagi un-tda iqtisodiyot prof. (1948-y. dan). 1971— 74 y. larda AQSH prezidenti R. Niksonnnnt iktisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi. Asosiy ilmiy ishlari pul muomalasi nazariyasi va amaliyoti masalalariga bagʻishlangan. Fridmen makroiktisodiyotda monetarizm yoʻnalishi asoschisi, milliy daromadning monetar nazariyasini va AQSHning deyarli 100-yillik pul muomalasi tarixini oʻrganib pulning miqdoriy nazariyasini asoslab bergan. Keynschshshkka qarshi boʻlgan Fridmen tadbirkorlik erkinligi, bozor mexanizmlarining oʻzi davlat iktisodiyotga faol aralashmagan hollarda ham takror i. ch. ning oʻz meʼyorida borishini taʼminlaydi deb qaragan. Fridmen nuktai nazariga koʻra, davlatning vazifasi muomaladagi pul miqdori oʻsishini tartibga solish bilan chegaralanishi lozim. Asosiy asarlari: «Inflyatsiyani bartaraf etishda soliqqa tortish», 1943; «Pozitiv iqtisodiy nazariya ocherklari», 1953; «Isteʼmol funksiyalari nazariyasi», 1957; «Narxlar nazariyasi», 1962; «Amerika Qoʻshma Shtatlarida pul muomalasi tarixi, 1867—1960-yillar», 1963; «Inflyatsiya sabablari va oqibatlari», 1963. Nobel mukofoti laureata (1976).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x