POLIMORFIZM

POLIMORFIZM (biologiyada) — bir tur doirasida koʻrinishi bilan oʻz-aro farq qiladigan bir necha individlar boʻlishi. Agar bunday individlar 2 ta boʻlsa, dimorfizm (mas, jinsiy dimorfizm) deb ataladi. Koʻpchilik gidroidlar koloniyasi bitta koloniyada har xil gidrantlar rivojlanishi bilan bogʻliq. Mac, sifonoforalarda gonofor (jinsiy), gastrozoid (oziqlanuvchi), palpon (ayiruvchi), nektofor (suzuvchi) poliplar mavjud. Zang zamburugʻlarning har xil oʻsimliklarda rivojlangan mevali tanasi, spo-ralarining koʻrinishi va fiziologiyasi bir-biridan keskin farq qiladi. Xuddi shu xildagi Polimorfizm digenetik soʻrgʻichlilar lichinkasi uchun xos boʻlib, pleyomorfoz deyiladi. Ayrim jinsli hayvonlarda Polimorfizm bir jinsga mansub individlarning har xil koʻrinishga ega boʻlishidan iborat (mas, shiralarning urgochilari, kok-sidlarning erkaklari orasida qanot-sizlari va qanotlilari boʻladi). Jamoa boʻlib yashovchi hasharotlarda Polimorfizm koloniya yoki oilada individlarning vazifasi boʻyicha guruxlarga boʻlinishi demakdir. Chigirtkalar va ayrim ka-palaklar qurtlari sonining ortishi bilan ular rangi, tuzilishi va xulq-atvorida paydo boʻladigan farq qiluvchi belgilar populyatsiyalar zichligi oʻzgarishi bilan bogʻliq Polimorfizmga misol boʻladi. Genetikada Polimorfizm tushunchasi populya-siyalarda aniq fenotipik farq qiluvchi belgilarga ega boʻlgan individlarning 2 yoki undan koʻproq genotipik sinfining doimiy saqlanishini anglatadi. Bunday farqyashash muhitining bir xil boʻlmasligi bilan bogʻliq boʻlib, populyatsiya genetik strukturasining moslanish orqali ixtisoslashuvini aks ettiradi. Polimorfizm turli genetik mexa-nizmlar: bir jinsga mansub individlarning geterogenligi, geterozigot formalarning moslanishdagi afzalligi orkali saqlanib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x