FOTOSINTEZLOVCHI MIKROORGANIZMLAR

FOTOSINTEZLOVCHI MIKROORGANIZMLAR, fototrof mikroorganizmlar — hujayra komponentlarini sintezlashda quyosh energiyasidan foydalanadigan mikroorganizmlar. F. m. ga qirmizi va yashil bakteriyalar, sianobakteriyalar, proxlofitlar, ayrim galobakteriyalar hamda suvoʻtlar boʻlimiga mansub bir qancha eukariot organizmlar (diatomlar, evglenasimonlar, pirofitlar, tillarang va sariqyashil suvoʻtlar va b.) kiradi. Barcha Fotosintezlovchi mikroorganizmlarda (galobakteriyalardan tashqari) fotosintez xuddi yashil oʻsimliklar singari xlorofill ishtirokida boradi. Galobakteriyalarda esa fotosintez funksiyasini oqsil kompleksi bajaradi. Sianobakteriyalar va suvoʻtlarda fotosintezda O2 ajraladi. Boshqa Fotosintezlovchi mikroorganizmlarda fotosintezda O2 hosil boʻlmaydi; ular elektron donori sifatida suvdan emas, balki sulfidlar, tiosulfit, vodorod va organik moddalardan foydalanadi. Koʻpchilik Fotosintezlovchi mikroorganizmlar molekulyar azotni oʻzlashtiradi. Fotosintezlovchi mikroorganizmlar suv havzalarida koʻp uchraydi. Organik moddalarning toʻplanishida, oltingugurt va azotning tabiatda aylanishida faol ishtirok etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x