FOSFAT RUDALARI

FOSFAT RUDALARI — tarkibidagi fosfor, sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan kulay va sanoatning turli sohalari uchun fosfor tarkibli mahsulotlarni (mineral oʻgʻitlar, fosfatlar, fosfor tuzlari) olish nuli b-n ularni qayta ishlash, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan birikma va konsentratsiyalarda boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Fosfat rudalarining asosiy komponenti — fosfor, R2O5ning tarkibi Fosfat rudalarida 2—6% dan 25—34% gacha oʻzgarib turadi hamda texnologik xususiyatlar, qazib olishning geologik sharoitlari va b. omillarga bogʻliq boʻladi. Fosfat rudalari tabiiy hosilalarning asosiy 2 guruhidan — fosforitlar va apatitlar, baʼzan alyumo va temir fosfatlardan tashkil topgan boʻladi. Fosfat rudalarining aosiy komponenti — apatit guruhining fosfat minerallari, ularning ichidan koʻproq tarqalganlari — ftoroapatit, ftorokarbonatapatit va ularning modifikatsiyasi — frankolit va kurskit. Fosfat rudalari konlari kelib chiqishiga qarab endogen va ekzogen konlarga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x