FORTEPIANO

FORTEPIANO (ital. forte — kuchli va piano — kucheiz, sekin) — royal va piavdsholarning umumiy nomi. 18-a. boshida B. Kristofori (Italiya), J. Marius (Fransiya) va K. G. Shryoter (Germaniya) tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik Fortepiano mexanizmi va shakli I. A. Shteyn, I. A. Shtreyxer (Avstriya), A. Bekers (London), S. Erar (Parij) va b. ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush ogayeishlarini bosish orqali kigiz qoplangan yogʻoch bolgʻachalar bilan torlarga urish natijasida xreil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi oʻzgaruvchanligi (mas, kuchli peggedan astasekin piano darajasiga oʻtish imkoniyatlari) bilan farq qiladi (nomi shundan). Fortepiano uchun ilk asarlarni I. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven va b. ijod qilgan. Fortepiano oʻzining keng ijroviytexnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa koʻp ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida keng oʻrin olgan.

Oʻzbekistonda Fortepiano musiqasi 1920—30y. larda V. Uspenskiy, B. Nadejdin qayta ishlagan oʻzbek xalq kuylaridan boshlab, keyinchalik G. Mushel, X. Izomov, B. Giyenko, Sayfi Jalil, N. Zokirov, oxirgi yillarda D. Saydaminova, R. Abdullayev, A. Nabiyev, M. Otajonov, D. Omonullayeva va b. ning miniatyuralari, sonata va konsertlari, koʻp qismli turkumlari b-n boyidi. Oʻzbekistonda Fortepiano ijrochiligi sanʼati rivojiga A. Lisovskiy, N. Yablonovskiy, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artistlar O. Yusupova, A. Sharipova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi T. Popovich, xalqaro tanlovlar gʻolibi E. Mirqosimova, A. Sultonov, U. Polvonov va b. oʻz hissasini qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x