FLYUGER

FLYUGER (nem. Fluger, gollandcha vleugel — qanot) — shamol yoʻnalishi va tezligini aniklaydigan qurilma. U vertikal oʻqqa qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan shamol yoʻnalishi koʻrsatkichlari, sterjenda erkin aylanuvchi posangili flyugarka (qanotcha)lar, yoy va shtiftlar biriktirilgan metall plastinkadan iborat (rayem ga q.). Shamol yoʻnalishini 8 ta asosiy rumbdan belgilab olinadi. Shamol yoʻnalishini flyugarka boʻyicha aniqlanadi. Flyugarkaning posangisi hamisha shamolga teskari yoʻnalgan boʻladi. Shamol tezligini esa metall plastinaning vertikal vaziyatdan maʼlum burchakka ogʻishi (yoyga belgilangani) boʻyicha oʻlchanadi. Flyuger 10 —12 m balandlikdagi minoraga oʻrnatiladi, Flyuger b-n 40 m/s gacha boʻlgan shamol tezligini oʻlchash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x