FIZO TAJRIBASI

FIZO TAJRIBASI — muhit harakatining unda tarqalayotgan yoruglik tezligiga taʼsirini aniklash tajribasi. A. I. L. Fizo oʻtkazgan (1851). Fizo tajribasida yorugʻlik nuri S manbadan chiqib, yarim shaffof plastinka P da ikki nurga ajraladi (kaytadi va sinadi, rasmga q.): nur 1 (rasmda yaxlit chiziq bilan koʻrsatilgan) koʻzgu V va toʻla ichki qaytaruvchi prizma S yordamida yoʻnaltirilib, /), va D2 idishlarda oqayotgan suv orkali suv oqayotgan yoʻnalish boʻyicha tarqaladi, nur 2 (punktir chiziq bilan koʻrsatilgan)esateskari yoʻnalishda tarkdladi. Ikkala nur nuqta A da yigilib interferensiya manzarasini hosil qiladi. Tajribalar avval harakatsiz suvda, soʻngra harakatdagi suvda oʻtkazilgan. Interferensiya yoʻllarining siljishini oʻlchab, Fizo muhit harakatining yorugʻlik tezligiga taʼsirini hisoblagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x