REVMATIZM

REVMATIZM (yun. rhevmatismos shilliq) — biriktiruvchi toʻqimaning keng tarqalgan yalligʻlanishi bilan tavsiflanadigan kasallik, bunda, asosan, yurak, boʻgʻimlar va b. aʼzolar yalligʻlanadi. Streptokokklar qoʻzgʻatadigan qaytalanib turuvchi kasalliklar (asosan, angina) va organizmning streptokokklar taʼsiriga javoban koʻrsatiladigan allergik reaksiyalarga (q. Allergiya) moyilligi kasallikning kelib chiqishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Angina bilan ogʻrigan bemorlar Revmatizmga koʻproq chalinishadi. Sovqotish Revmatizmning avj olishiga zamin yaratadi, shuning uchun kasallik koʻproq yilning sovuq va namgarchilik faslida kuzatiladi.

Revmatizmga aksariyat 7—15 yashar bolalar chalinadi. Kasallik oʻtkir boshlanishi mumkin; anginadan tuzalgandan soʻng 10—14 kun oʻtgach, harorat yana koʻtariladi, ogʻriq paydo boʻladi, tirsak, bilakkaft usti, tizza, boldiroyoq panjasi boʻgʻimlari va b. boʻgʻimlar qizarib, shishib chiqadi (revmatik poliartrit). Bunda boʻgʻimlarning zararlanishi turgʻun boʻlmaydi, odatda, 10 — 12 kun oʻtgach, poliartritning hamma alomatlari yoʻqolib ketadi. Lekin bunday tuzalish vaqtincha, chunki ayni vaqtda yurak (muskul qavati, klapanlari, tashqi pardasi) ham zararlanadi. Klapanlarning revmatik zararlanishi ularning turgʻun deformatsiyasiga va yurak porogi paydo boʻlishiga olib keladi (q. Yurak poroklari).

Revmatizmda yurakning zararlanishi (revmokardit) poliartritsiz ham avj olishi mumkin. Revmatizmning boshka aʼzolar va toʻqimalar, chunonchi nerv sistemasini ham zararlantirishi mumkinligini hisobga olish zarur. Nerv sistemasi zararlanganda bolaning oyoqqoʻllari beixtiyor uchib turadi, oʻta qoʻzgʻaluvchanlik, tez toliqish kuzatiladi (q. Xoreya). Boʻgʻimning shishishi va ustidagi terining qizarishi bilan davom etadigan har qanday ogʻriq — R., xuddi shuningdek, yurak sohasidagi noxush sezgilar va yurak urishi revmokardit belgilari boʻlavermaydi. Shu bois Revmatizmni faqat mutaxassis vrach tekshirib aniqlashi mumkin. Vrachga oʻz vaqtida murojaat qilinsa, bemorni muvaffaqiyatli davolab, tuzatib yuborsa boʻladi. Kasallikning ogʻir (oʻtkir) bosqichida bemor, odatda, kasalxonada davolanadi. Kasalxonadan chiqib ketgandan keyin ham uzoq vaqt revmatologiya kabineta vrachi kuzatuvida boʻladi. Doridarmonlar bilan davolash tartibi, vrach tavsiya etgan gimnastika rejimi va darajasi kasallikning kechish xususiyatlari, yurak porogi, qon aylanishining yetishmovchiligi boryoʻqligi va h. k. bilan belgilanadi. Bemorda surunkali gaymorit, otit, faringit, tonzillit kabi kasalliklar. boʻlsa, ularni davolash, zarur deb topilganda operatsiya qilish Revmatizmning yangi xurujlari oldini olishda zaruriy shart hisoblanadi.

Revmatizmning oldini olishga uyjoy sharoitlarini yaxshilash, bolalar muassasalarida yuqumli kasalliklar oldini olish, organizmni chiniqtirish, fizkultura b-n shugʻullanish kabi sogʻlomlashtirish tadbirlari kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x