FINNA

FINNA, finka — tasmasimon chuvalchanglarning yuqumli lichinkalik bosqichlaridan biri. Oraliq xoʻjayinda parazitlik qiladi. Finna pufakcha koʻrinishida boʻlib, uning ichida chuvalchang lichinkasining bitta yoki bir nechta boshchasi bor. F. oraliq xoʻjayinning har xil organlari (odatda, muskullar, jigar, miya, upka)da rivojlanadi. Asosiy xoʻjayin (odam yoki umurtqali hayvonlar) F. li organni yeb chuvalchangni yuqtiradi. Finnadan asosiy xoʻjayin organizmida yetuk chuvalchang rivojlanadi. Finnaning sistitserkoid (6 ilmokli boshcha), senur (bitta pufakda bir necha boshcha), exinokokk (bitta yirik pufakda 2, 3 va h. k. tartibdagi pufakchalar va ular ichidagi boshchalar), protserkoid va b. xillari boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x