FILLAR

FILLAR (Elephanditae) — xartumlilar turkumi oilasi. Baʼzi sistematiklar fikricha, kenja oilasi. 2 urugʻi: Afrika F. i (2 tur) va Osiyo F. i (1 tur) bor. F., asosan, Osiyo va Afrikaning oʻrmon hamda savannalarida tarqalgan. Boʻyi 4—4,5 m gacha, ogʻirligi 5—7,5 t gacha. Terisi kalta va siyrak tukli. Oyoklari yoʻgon, baquvvat. Barmoqlari (oldingi oyoklarida 5 ta, orqadagisida 4 yoki 5 ta) tuyoqqa oʻxshash shoxeimon tuzilma b-n qoplangan. Oyoq kaftining tagida yumshoq massa boʻlib, filning tovusheiz harakatlanishini taʼminlaydi. Bir kunda 100 km cha yoʻl yurishi mumkin. Jagʻining ustki va pastki qismida 1 tadan oziq tishi bor, ular vaqtvaqti bilan yeyilib tulik shoxshabbalari, bargi, mevasi, kurtaklari va b. (bir kunda 100 kg cha) bilan ozikdanadi. 70—80 yil yashaydi. Eng qadimgi Fillar qoldigʻi yuqori pliotsen davri yotqiziqlaridan topilgan. Goʻshti ovqatga ishlatiladi. Fil suyagi, dumidagi qattiq qili va terisidan turli buyumlar yasaladi. Hind fili xonakilashtirilgan, ishchi hayvon sifatida foydalaniladi. Koʻplab ovlanishi va yashash muhitining buzilishi natijasida Fillarning soni kamayib ketgan. Barcha turlari muhofaza qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x