FILARMONIYA

FILARMONIYA (yun. phileo — sevaman va harmonia — garmoniya) — 1) ayrim mamlakatlardagi konsert tashkilotlarining nomi. 19-a. ikkinchi yarmida Yevropa va Amerika shaharlarida tashkil topgan ilk Filarmoniya jamiyatlari, asosan, simfonik musiqani targib qilishgan. Aksariyat mamlakatlarda Filarmoniya davlat tashkiloti boʻlib, uning vazifasi yuksak badiiy musiqa asarlarini va yetuk ijrochilar mahoratini tashviq qilishdan iborat. Musiqa bilan birga baʼzan estrada sanʼati turlari (sahna raksi, badiiy oʻqish va b.)ni ham namoyish qiladi. Filarmoniya tarkibida yirik musiqa jamoalari (orkestr, xor va b.), turli ansambl, yakkaxon xonanda va sozandalar faoliyat koʻrsatadi;

2) Oʻzbek davlat filarmoniyasi 1936-y. da tashkil topgan (1970-y. dan Muhiddin Qoriyoqubov nomida, 1996-y. dan «Oʻzbeknavo» birlashmasi tarkibida), 2000-y. dan mazkur tashkilot Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi akademik va xalk, badiiy jamoalar direksiyasi deb ataladi. Dastlab tarkibida M. Uzoqov, Yusufjon qiziq, Usta Olim, Ahmadjon qoʻshnay, Tamaraxonim ansambli, shuningdek, milliy ashula va rake ansambli (1938-y. dan Oʻzbek xalk, cholgʻulari orkestri), xor kapellasi, simfonik orkestr (1938), «Dutorchi qizlar ansambli» (1939), Davlat torli kvarteti (1940) va b., keyinchalik «Xaytarma» (1950), «Lazgi», «Zarafshon», «Kayagim» (1960), «Shodlik» (1970) kabi ashula va rake ansambllari faoliyat koʻrsatgan. Ken g tinglovchilar jamoasi (ayniqsa, maktab oʻquvchilari)ning mumtoz musiqa bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Oʻzbek Filarmoniyasi tomonidan 1950y. lardan boshlab maʼruzali konsertlar (Ya. Pekker, T. Jumayev, Il. Akbarov, T. Gʻafurbekov va b.), maqom kechalari uyushtirilgan. Mahalliy ijodkorlar b-n birga jahonning yirik sanʼat namoyandalari (E. Rode, G. Ginzburg, L. Oborin, M. Rostropovich va b.), taniqli musiqa jamoalari — AQSH jaz orkestri (B. Gudmen), Rossiya simfonik orkestri (Ye. Svetlanov), chex filarmonik orkestri (K. Ancherl) va b. ning konsertlari uyushtirilgan.

Gulshan Tursunova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x