FIGURA

FIGURA (lot. fi gura — tashqi koʻrinish, obraz) — 1) muayyan narsabuyumlarning tashki koʻrinishi, shakli;

2) inson tanasining koʻrinishi, qaddiqomat;

3) biror narsani harakat b-n bajarishda (rake, gimnastikada, konkida uchish va b. da) bajaruvchi shaxs egallaydigan, paydo qiladigan holat, koʻrinish;

4) geometriyada — tekislikdagi nuqtalar toʻplami (chiziq, doira, burchak, kvadratyassi F. lar) yoki fazodagi nuqtalar toʻplami (konus, kub, piramida — fazoviy Figuralar);

5) haykaltaroshlik, rassomlikda — inson yoki jonivorlarning xaykal yoki surat tarzidagi tasviri;

6) tilshunoslik va adabiyotshunoslikda — nutqning tasviriy ifodalari, iboralari — stilistik (uslubiy) Figuralar, mas, antiteza, inversiya, mubolagʻa va b. ; 7) shaxmatda — piyodalardan boshqa donalar (shoq, fil, ot kabilar)ning; karta oʻyinida — katta qiymatli kartalar (valet, dama, shoh, tuz)ning umumiy nomi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x