RAMZ

RAMZ (arab. — ishora qilmoq) (badiiy adabiyotda) — voqelikni badiiy aks ettirishning shartli usuli; badiiy shartlilik shakllaridan. Ramz majozdan farq qilib, mazmuni obrazli qurilishi b-n bogʻliq boʻladi va koʻpmaʼnoliligi b-n ajralib turadi. Ramz barcha xalqlar folklori va adabiyotida qadimdan mavjud. Ramziy obrazlar muayyan tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda koʻpchilik xalqlar adabiyoti va sanʼatida mushtarak mazmunni ifodalaydi. Mas, sher — mardlik, tulki — makkorlik, boʻri — ochkoʻzlik va b. Adabiyot tarixida asrlar davomida ishlatilib kelinayotgan ramziy obrazlar tizimi ham mavjud; gul — goʻzallik, maʼshuqa; bulbuloshiq; sariq rang — mahzunlik, qora rang — motam ramzi va b. Ijodkorlar anʼanaviy Ramzlar bilan bir qatorda tabiatdagi har bir hodisa va detal (Mas, bulut, buloq, chaqmoq va b.)dan ramziy tasvir uchun foydalanadilar. Bunda u yoki bu narsa tasvir jarayonida yozuvchi maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan ramziy maʼnoga ega boʻladi.

Xalq ogʻzaki ijodiyoti va mumtoz adabiyotda keng koʻlamda ishlatilgan ramziy tasvir usuli hoz. adabiyotda ham muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x