FENOTIP

FENOTIP — organizmning barcha tashki belgilari va xossalari yigʻindisi. Fenotip genotip va tashki muhit sharoitlarining oʻzaro taʼsiri natijasida yuzaga chiqadi. «Fenotip» terminini Daniya genetigi V. Iogansen taklif etgan (1903). Fenotipda barcha genotipik imkoniyatlar roʻyobga chiqavermaydi, chunki bu jarayon muayyan sharoitda genotip namoyon boʻlishining xususiy bir holati hisoblandi. Shu sababdan hatto bir tuxumdan rivojlangan, genotipi bir xil boʻlgan egizaklar xar xil sharoitda oʻsganida ularda sezilarli fenotipik farklarni kuzatish mumkin. Mikroevolyutsiya jarayonida tabiiy tanlanish individlarning Fenotipi boʻyicha boradi. Shuning uchun populyatsiyalar ichida chegarasi genotip tomonidan belgilab beriladigan, keng reaksiya normasiga ega boʻlgan individlar, yoxud qatʼiy genotip bilan belgilanadigan, kerakli Fenotipga ega boʻlgan individlar tanlanadi. Genotipik oʻzgaruvchanlik kuzatilmagan hollarda Fenotip boʻyicha tanlash natija bermaydi. Bunga V. Iogansenning sof liniyalarda oʻtkazgan tanlash tajribasi yaqqol misol boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x