Baxtli va muvaffaqiyatli farzand o’stiradigan ota-onalar qanday bo’ladi?

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Barcha ota-onalar farzandlari ko‘ngilsizliklardan yiroq yurishi, maktabda yaxshi o‘qishi, katta bo‘lgach, foydali va yaxshi narsa bilan shug‘ullanishini istaydi.

Afsuski, baxtli va muvaffaqiyatli bolani tarbiyalash bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud emas. Ammo psixologlar muvaffaqiyatni keltirib chiqaradigan omillarni ko‘rsatib berdi. Ularning barchasi ota-ona va oilaga tegishli, bu esa hayratlanarli emas.
Bolalarni baxtli va qobiliyatli qilib tarbiyalaydigan ota-onalarning umumiy jihatlari ko‘p.

Ular bolalarga muloqot qilishni o‘rgatadi

Amerikalik olimlar uzoq vaqt davomida olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘z tengdoshlari bilan hamkorlik qila oladigan, ularning hissiyotlarini tushuna oladigan, boshqaga yordam berishga va muammolarni mustaqil hal qilishga tayyor bo‘lgan bolalar ko‘pincha o‘qishni bitirib diplom oladi va doimiy ishga joylashadi.
Bolaligida boshqalar bilan muomalada bo‘lishga qiynalgan kishilar katta bo‘lgach, ko‘ngilsiz vaziyatlarga ko‘p tushib qoladi, ular jamiyatda ham yuqori o‘rinlarga ega bo‘la olmaydi.
Shu tufayli, ota-onalar bolalarda muomala ko‘nikmalarini hosil qilib, ularda hissiy intellektni yuzaga keltirishi kerak.

Ular boladan ko‘p narsa kutadi


Kelajakda farzandi universitetda o‘qishini niyat qilgan ota-onalar uni ana shu maqsadga yetaklaydi, bu oilaviy daromad va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lmaydi. AQShda 6600 nafar bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari aynan shuni ko‘rsatdi.
Bu amerikalik psixolog Rozental tomonidan tavsiflangan Pigmalion effekti bilan ham tasdiqlanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, qandaydir faktga qat’iy ishongan odam o‘zi anglamagan tarzda o‘z ishonchining tasdig‘ini olishga intiladi. Bolalarga kelsak, ular ongsiz ravishda ota-onasi ishonchini oqlashga urinadi.
Onalar ishlaydi
Psixologlar ishlaydigan onalarning qizlari maktabga mustaqil hayot tajribasiga ega bo‘lgan holda borishini aniqladi. Kelajakda bunday bolalar onasi ishlamagan va bor vaqtini oilasiga bag‘ishlagan tengdoshlariga qaraganda o‘rtacha 23 foizga ko‘proq pul ishlab topadi. Ishlaydigan onalarning o‘g‘illari esa farzandlari va uydagi ishlar haqida ko‘proq qayg‘uradi.

Ular ancha baland ijtimoiy-iqtisodiy statusga ega bo‘ladi

Ota-onalarning daromadlari qanchalik katta bo‘lsa, farzandlarning baholari shunchalik baland bo‘ladi — umumiy qonuniyat shundan iborat. Kirimi kam va imkoniyatlari tor oiladagi bolalarda, afsuski, potensial ham cheklangan bo‘ladi. Tadqiqotlar shundan darak berdiki, boy va nochor oilalar farzandlari muvaffaqiyatlari o‘rtasidagi statistik farq tobora kattalashib bormoqda.

Ular oliy ma’lumotli bo‘ladi

Onasi o‘smirlik vaqtida dunyoga kelgan bolalar maktabni bitirib, universitetga kirishi ehtimoli juda kam. Shuningdek, maktabni va institutni bitirgan onalarning farzandlari ham kelajakda oliy ma’lumotli bo‘ladi — psixologlar o‘tkazgan tadqiqot natijalari aynan shuni ko‘rsatdi.

Ular bolalarini kichik yoshidan boshlab matematikaga o‘rgatadi

Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning xatti-harakatlari tahlil qilinganida, matematik qobiliyatlarni erta yoshdan boshlab rivojlantirish kelajakda bola uchun katta ustunlikka aylanishi ma’lum bo‘ldi. Buning sababi aniq bo‘lmasa-da, fakt faktligicha qoladi. Kichik yoshidan raqamlar va oddiy matematik tushunchalardan xabardor bo‘lgan bolalar o‘qishni tezroq o‘rganadi.

Ular o‘z farzandlari bilan munosabatlarini rivojlantiradi


Hayotining dastlabki uch yili davomida hurmat qilingan va tushunilgan bola o‘qishda ham, boshqalar bilan muomalada ham yaxshi natijalarga erishadi. Farzandiga e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan kishilar ularga xavfsizlik hissini beradi, bu esa rivojlanish va atrofdagi olamni tadqiq qilish uchun zarurdir.

Ular ko‘p stressga tushmaydi

Bolalar 3—11 yoshligida ona ular bilan qancha vaqt o‘tkazishi ularning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega emas. Ammo faol, qizg‘in va bezor qiladigan onalik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
Ona ish va oilani muvozanatga solishga urinib, stress holatida yurganida, u o‘z bolalariga yomon ta’sir o‘tkazadi. Psixologiyada “yuqumli” hissiyotlar tushunchasi bor. Odamlar, tumovni yuqtirib olgani kabi, bir-birining hissiyotlarini ham tutib oladi. Shu tufayli, ota yoki ona ruhan charchagan yoki g‘amgin bo‘lsa, bu noxush kayfiyat bolaga ham o‘tadi.

Ular muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqishni emas, intilishni qadrlaydi

Psixologlar bolalar muvaffaqiyatni ikki xil usulda baholay olishini aniqladi. Ulardan birinchisi belgilangan fikrlash bo‘lib, bunda kishi o‘z qobiliyati, aqli va iste’dodini bor narsa deb qabul qiladi. Istiqbolli fikrlashda esa bola omadsizlikni bundan keyingi rivojlanishi va o‘z ustida ishlashi uchun tayanch deb qabul qiladi.
Shuning uchun, agar bolaga imtihondan muvaffaqiyatli o‘tishiga “matematikani har doim yaxshi bilgani” sabab bo‘lganini aytsangiz, uni belgilangan fikrlashga o‘rgatasiz. U yaxshi natijaga qo‘lidan kelganicha harakat qilgani tufayli erishganini aytsangiz esa, bola o‘z qobiliyatlarini o‘stirishi mumkinligi va uning har bir intilishi yangi natijalarni keltirib chiqarishini tushunadi.

Manba: Farzand.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x