FEDIN Konstantin Aleksandrovich

FEDIN Konstantin Aleksandrovich [1892.12(24), 2. Saratov 1977.15.7, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi, akad. (1958), Mehnat Qahramoni (1967). «Shaharlar va yillar» (1924) romanida fuqarolar urushi davridagi ziyolilarning hayot yoʻli hikoya qilingan. «Yevropaning oʻgʻirlanishi» (1—2kitob, 1933— 35) va «Arktur» sanatoriysi» (1940) romanlarida yangi jahon urushi arafasida Gʻarbiy Yevropadagi siyosiyijtimoiy muhit tanqid qilingan. 2-jahon urushi yillarida «Tuygʻular sinovi» pyesasini (1942), «Aholi yashaydigan bir necha punkt» hikoya va ocherklar toʻplami (1943) ni yozgan. Urush yillari yozgan trilogiyasi («Dastlabki sevinchlar», 1945; «Ajoyib yoz», 1947 — 49; «Gulxan», 1—2kitob, 1961—65) da 1910-y. dan 2-jahon urushi oxiriga qadar boʻlgan voqealar qamrab olingan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

As: Dastlabki sevinchlar, T., 1967; Oʻtmish bilan uchrashuv [hikoyalar], T., 1971.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x