FAYZULLAYEV

FAYZULLAYEV Omonulla (1921.5.4, Toshkent) — faylasuf olim. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), falsafa fanlari dri (1973), prof. (1977). 2-jahon urushi katnashchisi (1942—45). Urta Osiyo un-tining fizikamatematika f-tini tugatgan (1949). «Qizil Uzbekiston» gaz. da adabiy xodim, Oʻzbekiston «Bilim» jamiyatida bosh muharrir (1946—49). Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari inti nazariy mexanika kafedrasida katta oʻqituvchi (1952—57), Respublika ilmiytexnika informatsiyasi in-ti direktori (1957—59). 1959-y. dan Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq intida boʻlim mudiri, yetakchi ilmiy xodim. Ilmiy asarlari qad. mutafakkirlarimizning jahon fani rivojlanishiga qoʻshgan hissasini tadqiq qilishga, tabiatshunoslikning falsafiy muammolariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1981). «Jasorat» medali (1995), «Doʻstlik» ordeni (2003) bilan mukofotlangan.

As: Problemы protivorechiya v trudax klassikov yestestvoznaniya i filosofii Sredney Azii, T., 1974; Muhammad alXorazmiy va uning ilmiy merosi, T., 1983; Klassicheskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsiya (pod. red. P. K. Xabibullayeva i A. F. Fayzullayeva), T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x