Farhod va Shirin — Lolazorim, chamanzorim

Unaman quchog`i, bepoyon bog`ida,
Saodat oftobi charog`on chog`ida.
Unaman quchog`i, bepoyon bog`ida,
Toleyu iqbolin farovon chog`ida.

Lolazorim, chamanzorim shu ona tuproq,
Iftixorim, nomus-orim, dildagi yaproq.
Lolazorim, chamanzorim shu ona tuproq,
Baxt makonim, yayrar jonim, sevaman ko`proq.

Gohida kezaman men ro`yi jahon,
Yurt jamoli har on dilda namoyon.
Qadamim yetsa ham, ba’zida qayon,
Jamoli, hatto shu yo`limda namoyon.

Lolazorim, chamanzorim shu ona tuproq,
Iftixorim, nomus-orim, dildagi yaproq.
Lolazorim, chamanzorim shu ona tuproq,
Baxt makonim, yayrar jonim, sevaman ko`proq.

Munisim, yuragi ginadan xolisan,
Gunohdir mabodo nogahon nolisam.
Anisim, sevgisi bepoyon volidam,
Hamisha ogohim bolasi holidan.

Lolazorim, chamanzorim shu ona tuproq,
Iftixorim, nomus-orim, dildagi yaproq.
Lolazorim, chamanzorim shu ona tuproq,
Baxt makonim, yayrar jonim, sevaman ko`proq. (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x