FAN VA TURMUSH

«FAN VA TURMUSH»Oʻzbekiston qilinadi. Dastlab «Sotsialistik ilm va texnika» (1933—35), «Sotsialistik fan va turmush» (1939—41) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar tufayli 1941-y. iyulidan 1957-y. fev. gacha nashr etilmagan. 1957-y. dan hoz. nomda. Jur. ning qayta tiklanishida Oʻzbekiston FA akad. lari H. Abdullayev, T. QoriNiyoziy, jurnalist A. Yoqubovning xizmati katta. Jur. ga taniqli olimlar Otajon Hoshim (193337), T. QoriNiyoziy (1937, 194041, 195870), I. Islomov (193839), I. Muminov (1957), M. Urozboyev (1970—71), M. Homidxonov (1972), Yo. Toʻraqulov (197488), K. Zufarov (1988— 92), M. Sharifxoʻjayev (1992—2001)lar muharrirlik qilishgan.

Oʻtgan davrlarda jur. sahifalarida ilmfanning barcha sohalari, ularning ayrim tarmoklari rivoji, jahondagi turli elelatlar haqida muntazam ravishda makrlalar chop etildi. Uzbekistonda fantast yozuvchilarning shakllanishida jur. muharririyati huzuridagi «Fantast yozuvchilar maktabi»ning xissasi katta boʻldi (H. Shayxov, M. Mahmudov, S. Abdullayeva, Gʻ. Jahongirov, X. Dustmuhamedov, O. Muminov, R. Obidov va b.).

Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida jur. mamlakat xalqi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va tafakkurida milliy gʻoya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga hamda fanning sunggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga, xalqimizni yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli etish yoʻlida jahon kashfiyotlarini, oʻzbek olimlarining xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorligi natijalarini keng targʻib qilishga, buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyati xamda ilmiy merosidan xalqimizning bahramand boʻlishiga alohida eʼtibor berib kelmoqda.

2003-y. dan jur. da maqolalar oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Muharriri Shuhrat Egamberdiyev (2002-y. dan).

Xusniddin Nurmuhamedov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x