FAOL HARORAT

FAOL HARORAT, foydali haporat — q. x. ekinlarining rivojlanishiga qulay taʼsir koʻrsatadigan havo harorati. Q. x. ekinlari faol vegetatsiya davrining issiqlik bilan taʼminlanganligi koʻrsatkichi hisoblanadi. Yer sharining turli hududlarida ekinlar rivojlanishi uchun yillik harorat (issiqlik) resurslarining qulaylik darajasini baholashda vegetatsiya davridagi 10° dan yuqori boʻlgan Faol harorat yigʻindisi qoʻllaniladi. Faol harorat yigʻindisi 10° dan yuqori boʻlgan barqaror oʻrtacha sutkalik haroratlarni qoʻshish yoʻli bilan topiladi.

Faol harorat yetarli boʻlmagan hollarda ekin oʻsmay yoki pishmay qoladi. Ekinlar turlari, navlari va duragaylarini mintaqalar boʻyicha joylashtirishda, ekinning issiklik bilan taʼminlanganlik darajasini hisoblashda Faol harorat koʻrsatkichidan foydalaniladi (yana q. Samarador harorat).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x