“Ey Robbim! Koʻzlarimizni uyqudan uygʻotganingdek, qalbimizni gʻaflatdan uygʻot!”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Dunyo oʻtish joyidir, doimiy yashash joyi emas. Modomiki, boshqalarga yaxshilik yetishini orzu qilar ekansan, demak, yaxshilikdasan. Goʻzal niyatli boʻlishga haris boʻl! Chunki, goʻzal niyat qilish ham savob deb yoziladi. Bas, niyatlaringizga qarab rizqlanasizlar.

«Xovatir roqiya jurnali»

*****

Ey Robbim! Qalblarimizni nifoqdan, amallarimizni riyodan, tillarimizni yolgʻondan, koʻzlarimizni xiyonatdan poklagin! Zero, Sen koʻzlarning xiyonatini va qalblar yashirgan narsani bilasan.

 *****

Kim havoyi nafsni ulfat qilib olsa, qulaydi.

Kim taqvoni ulfat qilib olsa, yuksaladi.

 *****

«Agar insonlarning qalblarini koʻrishga imkoningiz boʻlganda, har bir qalbda ogʻriqli qissa borligini koʻrgan boʻlardingiz. Shunday ekan, bir-birimizga nisbatan rahmli boʻlaylik! Shoyadki, Alloh taolo bizga ham rahm qilsa!»

*****

«Ixtiro qildi» emas, «Kashf qildi» deyiladi! Inson hech qachon biror narsani yaratolmaydi, yaʼni yoʻqdan bor qilolmaydi, hosil qilolmaydi! Balki, bor narsani kashf qilishi, yaʼni bor narsadan hosil qilishi mumkin.

*****

«Falonchining shogirdiman» deyishning oʻzi bilan shogird boʻlib qolinmaydi. Avvalo, ustozning goʻzal xulqi, odobi, ilmi oʻzlashtiriladi va qoldirgan ilmiy merosiga, koʻrsatmalariga amal qilishda bardavom boʻlinadi. Qolaversa, oʻsha olim ham uni shogirdim, deb bilishi kerak. «Falonchining shogirdiman» degan gapni brend kabi qilib olmaslik lozim. Biror olim bilan koʻp birga boʻlgan, hatto bir uyda koʻp yil birga istiqomat qilgan insonlar bor boʻladi, lekin oʻzlarini hadeb shogirdiman, shogirdiman deb koʻz-koʻz qilverishmaydi.

*****

Qiyinchilik haqida gapiradilar va ogʻriqlar toʻgʻrisida yozadilar. Hatto botiniy aqllari mahzunlik uchun dastur ishlab chiqadi.

Ofiyat neʼmatini anglamoqchi boʻlsang, shifoxonaga bor.

Hurriyat neʼmatini anglamoqchi boʻlsang, qamoqxonaga bor.

Hayot neʼmatini anglamoqchi boʻlsang, qabristonga bor.

Mazkur joylardagi kishilarga nisbatan sening mahzunligingning vazni qancha?!

Ey Robbim! Neʼmatlaring uchun Oʻzingga hamd boʻlsin!

 *****

— Agar Alloh taolo bandasini yaxshi koʻrsa, nima qiladi?

— Xato qilgan paytda uni istigʻfor aytishga ilhomlantirib qoʻyadi.

*****

Qabrga Munkar va Nakirning qoʻrqinchli suratda kirishi mayyitning azoblanishiga kifoya qiladi. (Qabrdagi boshqa azoblar gapirilmayapti.)

*****

Umar roziyallohu anhu yaxshilik qilishda Abu Bakr roziyallohu anhuga yetolmadilar, lekin qolgan barchadan oʻzib ketdilar. Yaxshilik qilishdan toʻxtamaylik!

*****

— Yoshingiz nechchida?

— Sogʻligʻim joyida.

— Pulingiz bormi?

— Qarzim yoʻq.

«Xovatir roqiya jurnali»

***** 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning elchisi boʻla turib tavozeʼli holda yashadilar va shunday holda vafot etdilar.

Biz kim boʻlibmiz takabburlik qilgani?!

*****

Ey Robbim! Koʻzlarimizni uyqudan uygʻotganingdek, qalbimizni gʻaflatdan uygʻot!

https://saviya.uz/ijod/nasr/ey-robbim-kozlarimizni-uyqudan-uygotganingdek-qalbimizni-gaflatdan-uygot/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x