ETNOGEOGRAFIYA

ETNOGEOGRAFIYA (etno… va geografiya) — etnografiyaning bir boʻlimi. Yer shari, alohida mamlakatlar va ularning tumanlari aholisining tarkibi va joylashishini oʻrganadi. Shuningdek, Etnogeografiya qadimgi va hoz. etnik birliklarnit joylashishini tekshiradi. Etnogeografiyaga etnik xaritagrafiya va etnik demografiya kiradi. Etnogeografiya antropologiya bilan ham yaqindan aloqada. Etnogeografiya antropogeografiyaning turli maktablaridan farq qilib, etnik birliklar (mas, xalqlar, etnik guruhlar) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar va tarixiy rejadagi geografik muhit, tabiiygeografik omillar taʼsiri va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning yetakchi rolini oʻrganadi. Etnogeografiya oldida turgan muhim muammolar etnik xaritalar tuzish metodikasi, etnik jarayonda — yirik millatlarning umumlashuvida ayrim kichik xalklarning assimilyatsiyasi va migratsiyasining taʼsiri va shahrik. muhim masalalarni hal etishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x