EFEMERIDA

EFEMERIDA (yun.) — astronomik kundalik jadval. E. da Quyosh, Oy, katta sayyoralar, ularning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar va boshqalarning maʼlum yil, kun va soatlar uchun oldindan hisoblangan koʻrinma koordinatalari va boshqalar maʼlumotlar beriladi. Efemerida maʼlumotlari astronomiyada qabul qilingan maxsus efemerid vaqti asosida hisoblab topiladi. Osmon jismlarining Efemerida larini bilish ularni oldindan yilning qaysi vaqtida kuzatish qulayligini aniqlash va kuzatish dasturlarini tuzishda katta ahamiyatga ega. Kuzatishlar va tekshirishlar oʻtkazilgach, olingan maʼlumotlar dunyo vaqtida eʼlon qilinadi, keyingi Efemerida larga tuzatishlar kiritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x