ESPERANTO

ESPERANTO — xalqaro sunʼiy tillardan eng koʻp tarqalgani (q. Xalqaro tillar, Interlingvistika). 1887-yilda varshavalik vrach L. L. Zamengof tomonidan yaratilgan. Uning laqabi — «Esperanto» (E. da yezregapgo — ishonuvchan demakdir) tilning nomiga aylangan. Esperanto dastlab Rossiya va Polshada tarqalgan, lekin 20-asr boshlariga kelib Fransiya, Angliya va boshqalar mamlakatlarda koʻplab muxlislarga ega boʻlishi oqibatida esperantochilar harakati xalqaro darajaga koʻtariladi.

Esperanto baynalmilal leksika (asosan, roman tillari, qisman german va slavyan tillari materiallari) asosida tuziladi. Cheklangan miqdordagi oʻzaklardan tilning butun lugʻat tarkibini ishlab chiqish imkonini beradigan soʻz yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega. Esperanto grammatikasi tabiiy tillar grammatikasiga qaraganda sodda va qatʼiy meʼyorlashgan: unda soʻz turkumlarini ifodalovchi 11 tagina variantlashmagan qoʻshimcha mavujud. Bopgqa koʻplab affikslar ham muayyan shakllarni ifodalash uchun «ixtisoslashgan». E. da urgʻu, asosan, soʻz oxiridan 2boʻgʻinga tushadi.

Esperanto oʻzining paydo boʻlgan davridan hoz. gacha tadrijiy rivojlanib keldi: u dastlab slavyan tillari materiallariga asoslangan boʻlsa, keyinchalik bu tamoyil milliy taʼsirlardan holi boʻlgan xalqaro standartni ishlab chiqish bilan almashinadi; tildan foydalanishning yangi sohalari oʻzlashtiriladi; turli funksional (soʻzlashuv, ilmiy, badiiy, publitsistik) uslublar paydo boʻldi; E. ning dastlabki asosiy lugʻaviy boyligi va grammatik qurilishi aynan saqlanib qolgan holda, lugʻaviy zaxira yangi oʻzaklar (koʻproq ilmiytexnik terminlar) bilan boyib, 1887-yildagi 927 oʻzak 1984 yil da 16 ming oʻzakka yetadi. Esperanto fonetikasi, grammatikasi va soʻz yasalishida ham, uning koʻp millatli muhitda qoʻllanishi munosabati bilan bir qancha oʻzgarishlar roʻy beradi: baynalmilal boʻlmagan tovushlar va tovush qoʻshilmalari bartaraf etiladi, uzun soʻzlar qisqartiriladi, ularning morfologik qurilishi soddalashtiriladi va boshqalar Esperantoda koʻplab original (jumladan, sheʼriy) adabiyot mavjud. Tarjima asosidagi badiiy adabiyot esa 50 dan ortiq tillardan tarjima qilingan antik va hoz. adabiyotlar asarlaridan iborat (Sofokl, Ezop, Dante, Shekspir, Gyote, Pushkin, L. Tolstoy, Yesenin, Mayakovskiy va boshqalarning asarlari); maxsus, ilmiytexnikaviy adabiyot ham bor. E., shuningdek, matbuot (140 ga yaqin davriy nashr) va radioeshittirishlarda (9 ta radiostansiya eshittirishlari) ham qoʻllanadi.

Koʻplab mamlakatlar vakillarini oʻz ichiga olgan xalqaro Esperanto akademiyasi (1908-yilda tashkil topgan) Esperantoni meʼyorlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hamda Esperantoga kiritiladigan yangi oʻzaklarni tasdiqlovchi tashkilot hisoblanadi.

Ad.: Problemm interlingvistiki, M., 1976; Isayev M. I., Yazmk esperanto, M., 1981; Semenova Z. V., Isayev M. I.,Uchebnik yaznka esperanto, M., 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x