ESKI TUYATORTAR KANALI

ESKI TUYATORTAR KANALI, Tuyatortar kanali — Zarafshon daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Mirzachoʻlni sugorish uchun qazilgan dastlabki kanallardan biri. Zarafshon daryosining suvini Sangzor daryosiga quyadi. Zarafshondagi «Birinchi May» toʻgʻonidan boshlanadi. Eski Tuyatortar Kanali milod boshlarida qazilgan, 6—8-asrlarda oʻzaro urushlar natijasida va arablar istilosi davrida vayron boʻlgan. 16-asrda Buxoro xoni Abdullaxon 7/davrida qayta tiklangan va keyinchalik Sirdaryo (Karay va Mirzarabot) gacha yetkazilgan. 1912-yilda Samarqand generalgubernatori tomonidan qisman qayta tiklangan. Shoʻrolar davrida kanal qayta qaziddi. Uz. 108,2 km, suv oʻtkazish imkoniyati 50 m3/sek. Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 34 ming ga dan ortiq ekin maydonlari sugoriladi. 1987-yilda kanal trassasida Qorovultepa suv ombori qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x