Jigar sirrozi alomatlari, kasallikning belgilari, davosi, kechishi va bosqichlari

Jigar sirrozi
Medlife.uz

Jigar sirrozi alomatlari qanday namoyon bo’ladi? Kasallikning davosi bormi?

Jigar sirrozi – bu surunkali kasallik, vaqt o’tgan sari a’zo to’qimasi qayta tiklab bo’lmaydigan o’zgarishlarga uchrab, yemirilib boradi. Yemirilgan hujayralar o’rnini chandiq biriktiruvchi to’qima egallaydi. Shu tariqa asta-sekinlik bilan a’zo o’z vazifalarini bajara olmaydigan holatga tushib qoladi.

Bu xastalik bemor odamga dastlabki bosqichlarda sezilarli noqulayliklar tug’diradi, oxirgi bosqichlarda esa og’ir o’limga olib keladi. Jarayonni afsuski orqaga qaytarishning iloji yo’q, lekin sifatli va o’z vaqtida ko’rsatilgan tibbiy yordam Xaastalikning rivojlanishini to’xtatib turishning ilojisi bor.

Shu sababli kasallikka erta tashxis qo’yish va oldini olish muhim ahamiyatga ega. Jigar sirrozi alomatlari xastalikning turli bosqichlarida turli tuman ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ularni o’z vaqtida payqash va shifokorga murojaat etish inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

Dastlabki bosqichdagi jigar sirrozi alomatlari

Har doim ham xastalikning ilk bosqichlarida, kasallik belgilariga qarab tashxis qo’yishning iloji yo’q. Chunki 20 % holatlarda xastalik latent (yashirin) ko’rinishda kechadi va o’zini hech qanday namoyon qilmaydi. Undan tashqari yana 20% bemorlarga ancha kech faqat o’limidan so’nggina tashxis qo’yiladi. Shunday bo’lsa ham qolgan 60% bemorlarda xastalik o’zini ilk bosqichlarda namoyon qiladi va tashxis qo’yishga imkon beradi.

Jigar sirrozi alomatlari ichida quyidagilari xastalik haqida oldindan ogohlantiradi.

  • Ba’zi-ba’zida o’ng qovurg’alar ostida paydo bo’ladigan og’riq. Og’riq ko’pincha jismoniy zo’riqishdan yoki qovurilgan, yog’li taomlar va alkagol iste’molidan keyin kuchayadi.
  • Og’izda achchiq ta’m va quruqlik hissi paydo bo’lishi, ayniqsa tong vaqtida.
  • Odamni surunkali ich ketishi va kuchli qorin dam bo’lishi (meteorizm) bezovta qiladi
  • Bemor birmuncha vazn yo’qotadi, tajang va tez charchaydigan bo’lib qoladi.
  • Kasallikning ba’zi formalari, masalan postnekrotik sirroz dastalabki bosqichni o’zidayoq yaqqol alomat teri sariqligini chaqiradi.

Ayrim hollarda xastalik darrov o’tkir ko’rinishda, hech qanday alomatlarsiz boshlanadi.

Jigar sirrozi alomati sariqlik
Medlife.uz

Oxirgi bosqichlardagi jigar sirrozi kasalligi belgilari

Xastalik belgilari kasallik rivojlangan sari ko’payib yaqqollashib boradi.

  • O’ng tomonda qovurg’alar ostida jigar og’rig’i uning kapsulasi kengayib kattalashgani, tufayli kuchayib boradi. Og’riq kolik xarakterga ega, o’ng yonbosh xuddi og’irroq bo’lib qolgandek his paydo bo’ladi.
  • Bemorda ko’pincha ko’ngil aynishi, qusish kuzatiladi. Qusganda qusiqqa qon aralashib chiqishi, me’da va qizil o’ngachdan qon ketayotgani ko’rsatadi.
  • Qonda ortiqcha miqdorda o’t kislotalari to’planib qolish sababli teri qichishadi.

Sirroz kasalligi belgisi meduza boshi

Tashqi ko’rinishida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ladi

  • Tana vaznini yo’qotish, kuchli holsizlikka olib keladi.
  • Mushaklar tonusini pasayishi, ularning atrofiyasi (oziqlanishi buzilishi sababli, o’z funksiyalarini bajara olmay qolishi)
  • Teri sarg’ish rangga kiradi, ko’chib tusha boshlaydi. Yaqqol sariqlik jigar sirrozi oxirgi bosqichi belgilarida hisoblanadi. Birinchi ko’z sariq tusga kiradi, so’ngra shilliq qavatlar oxirida esa butun teri. Sariqlik a’zoning billuriben pigmentini o’zlashtira olmasligi bilan bog’liq.

Teri va barmoqlarda kasallik belgilari namoyon bo’la boshlaydi

  • Ksantalezmalarning hosil bo’lishi. Ular yog’dan tashkil topgan dog’lar, odatda yuqori qovoqlar sohasida joylashadi.
  • Barmoqlar oxiri qalinlashadi, baraban tayoqchalari shaklini oladi, tirnoqlari yaqinidagi teri qizaradi
  • Bo’g’imlar shishib qolib, og’riy boshlaydi
Sirrozi belgisi Ksantalezma
Ksantalezma

Jigar sirrozida odam tanasidagi o’zgarishlar.

  • Qorindagi vena tomirlari kengayadi. Bunday shishgan venalar ko’karib kindik atrofidan hamma tarafga tarqalgan bo’ladi, xuddi «meduza boshi»ga o’xshab qoladi.
  • Xastalikda gavdaning yuqori qismida, kindikdan teparoqda qizil yulduzchalarga o’xshash toshmalar ko’rinadi. Bu toshmalar aslida a’zoningning darvoza qon aylanish tizimida gipertenziya – bosim ortib ketishi sababli yorilib ketgan teridagi mayda kapilyar qon tomirlardir.

Yuqoridagilar jigar sirrozi kasalligi belgilari ichida eng taniqlilaridan

  • Sirrozning xarakterli xususiyati «telangiektaz» (qizil toshma) hech qachon kindik zonasidan pastroqda shakllanmaydi. Bu hussiyat unini boshqa shunday o’xshash belgili kasalliklardan farqlashga yordam beradi. Xastalikning o’tkir bosqichida yulduzchalar kattaroq va juda sezilarli ko’rinadi;
  • Burunning burchagi va ko’zning burchaklarini angiomalar (qizil xollar) qoplaydi;
  • Qo’l kafti va kamroq oyoq kaftini qizarishi.
sirroz kasalligi belgisi kaft qizarishi
Kaft qizarishi

Quyidagi belgilar tufayli inson tashqi ko’rinishi va o’zini tutishi bemorga xos chuqur o’zgarishlarga uchraydi.

  • Til shishib , yorqin rangga kiradi;
  • Erkaklarda sut bezlari o’sa boshlaydi va jinsiy organlar funksiyalari sussayib atrofiyaga uchraydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar (masalan erkaklar uchun xarakter, soqol va tuklar, qomat, ovoz va hk.)   kamayadi.
  • Astit – qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishidir. Jigar sirrozining kech asoratlaridan biri.
  • Yuz nosog’lom qizil tusda. Yanoqlar bo’rtib chiqib, so’lak bezlari kattalashgan ketgan.
  • Markaziy nerv tizimi tomonidan yaqqol buzilishlar: Uyqusizlik, xotira susayishi, titroq va atrofdagilarga befarqlik (apatiya) rivojlanadi.
Astit sirroz belgisi
Astit

Jigar sirrozi sabablari

Xastalikni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar quyidagilar.

  • Virusli gepatit , turli taxminlarga ko’ra, 10-24% hollarda jigar patologiyasi shakllanishiga olib keladi. Gepatitning B , C , D kabi turlari va yangi aniqlangan gepatit G ham bu kasallikni chaqiradi; Ayniqsa gepatit C uzoq muddat belgilarsiz kechishi, shu sababli kech aniqlanishi tufayli xavflidir. 97 % holatlarda bu kasallik uzoq muddat kechib sirrozga olib keladi.
  • 10 yil va undan ko’proq muddat davomida katta miqdordagi spirtli ichimliklarni iste’mol qilish. Ichkilikning biron bir turiga bog’liqlik yo’q, asosiy omil – bu tarkibida etil spirtining mavjudligi va uning organizmga muntazam ravishda tushib turishi.

O’rtacha miqdorda uchraydigan sabablar

  • Immun tizimining buzilishi. Ko’pchilik autoimmun kasalliklar sirrozning rivojlanishiga olib keladi;
  • O’t yo’llarning turli kasalliklari, shu jumladan buyrakdan tashqaridagi obstruktsiya, o’t-tosh kasalligi va boshlang’ich sklerozli xolangit. Bunda ko’pincha o’t yo’llarini o’tkazuvchanligi buziladi, o’t suyuqligi turib qolib, dimlanadi va jigarga zaharli ta’sir ko’rsatadi. O’t yo’llari o’tkazuvchanligi buzilganda 3 oydan 18 oygacha bo’lgan muddatlarda xastalik rivojlanadi.
  • Portal gipertenziya
  • A’zoda qon aylanishi buzilishi va venoz qon turib qolishi (dimlanishi) yoxud Baddi-Kiarri sindromi ham sabab bo’ladi.

Kam uchraydigan sabablar

  • Irsiy kasalliklar, xususan genetik jihatdan moddalar almashinuvi buzilishi (glikogen to’planish anomaliyalari, Vilson-Konovalov kasalligi, a-antitripsin va galaktoz-1-fosfat-uridiltransferaza yetishmovchiligi) sabab bo’ladi.
  • Organizmga toksik ta’sir ko’rsatadigan kimyoviy moddalardan zaharlanish. Bu kabi moddalar orasida sanoat zaharlari, og’ir metallar tuzlari, aflatoksinlar va qo’ziqorin zaharlari ayniqsa jigarga qattiq zarar etkazadi;
  • Iprazid, anabolik steroidlar («baquvvat bo’laman deb»), izoniazid, androgenlar, metildofa, inderal, metotreksat va boshqa shu kabi gepatoksik preparatlarni uzoq muddat iste’mol qilish.
  • Juda kam uchraydigan Randyu-Osler xastaligi ham jigar sirroziga olib kelish ehtimoli bor.

Agar kasallik sabablari aniqlanmagan bo’lsa kriptogen (noma’lum sababli) sirroz deb ataldi. Bu 12% – 40% holatlarda kuzatiladi. Xastalik rivojlanishi ehtimoli yuqoridagi faktorlar birga kelganda yana ham ortadi. Masalan gepatitga chalingan kishi, uni ustiga alkogolni ham haddan ortiq iste’mol qilsa  xavf bir necha barobar ortadi.

Jigar sirrozi bosqichlari

Kasallik bir necha bosqichlarda boradi, har bir bosqich o’ziga xos klinik belgilarga ega bo’ladi. Xastalik qanchalik rivojlanganligiga qarab, nafaqat bemorning ahvoli, balki davolanish yo’llari ham farq qiladi.

1-bosqichi, kasallikning kompensator fazasi.

Rivojlanishning ushbu bosqichida jigar sirrozi alomatlari o’zini hech qanday yo’l bilan namoyon qilmaydi. Agar kasallik bu vaqtda aniqlanadigan bo’lsa, unda paydo bo’gan a’zo yetishmovchiligini dori vositalari yordamida kompensatsiya qilsa bo’ladi. Shuning uchun ham shifokorlar bu bosqichni kompensatsiya bosqichi deb atashadi.

Bemorda o’zida hech qanday kasallik belgilarni sezmasa ham, a’zoda allaqachon o’zgarishlar boshlangan. Bu fazada jigar hujayralari – gepatositlar nekrozga (o’limga) uchrab yemirilib, ularning o’rniga fibroz chandiq to’qimasi hosil bo’lib boradi. Agar o’z vaqtida davolanish boshlanmasa tez orada a’zo o’z funksiyalarini to’liq bajara olmay qoladi.

Bu vaqtda labaratoriya analizlar billuribin darajasi ortgani, protrombik indeks esa 60 gacha pasayadi. Lekin odam o’zini umuman sog’lom xis qiladi, faqat ba’zida o’ng qovurg’alar osti og’rib turadi. Shu sababli shifokor ko’rigidan doimo o’tib turish lozim.

2-bosqich kasallikning subkompensator fazasi

Keyingi bosqich subkompensatsiya deb ataladi. Nomdan kelib chiqqan holda tushunish mumkinki, xastalik belgilari yaqqolroq ko’zga tashlanadi. Bu esa o’lik gepatotsitlar (jigar hujayralari) sonining ortishiga bog’liq.

Ushbu bosqichda har bir kishi o’z organizmida nimalar sodir bo’layotgan o’zgarishlarni sezishi mumkin. Bemor zaiflik, apatiya (befarqlik), samaradorlikning kamayishi, ko’ngil aynish, vazn yo’qotish va xastalikning boshqa erta belgilari tufayli qiynaladi. Erkaklar bu bosqichda o’zida ginekomastiyaning birinchi belgilari mavjud.

Laboratoriya ko’rsatkichlariga kelsak, albuminning darajasi kamayib boradi va protrombik indeks 40 ga yetadi. Ammo, agar davolash o’z vaqtida boshlangan bo’lsa, bu bosqichni kompensatsiya bosqichiga o’tkazishga umid qilsa bo’ladi.

3-bosqich kasallikning dekompensatsiya fazasi.

3-bosqichda normal ishlayotgan gepatositlar soni o’ta kamayadi. Bu esa jigar yetishmovchiligining rivojlanishiga va kasallik belgilari ortishiga olib keladi. Teri sariq tusda, qorinda og’riqlar odamni ko’proq qiynaydi. Tez-tez bu bosqichda astit (qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishi) rivojlanadi.

Labatoriya analizida albuminlar darajasi va protrombik indeks juda ham pasayib ketadi.

Ushbu bosqichda davolanish kam samara beradi, lekin oz bo’lsada dori-vositalari xastalikni yengishi ehtimoli yo’q emas. Bemor shifokor nazorati ostida stansionarda bo’lishi kerak.

Ushbu bosqichda sirroz asoratlari katta xavf tug’diradi. Eng yomon asoratlarga – jigar komasi, jigar saratoni , ichki qon ketish, peritonit va pnevmoniya kiradi.

4-bosqich kasallikning oxirgi fazasi

Xastalikning yakuniy bosqichida a’zo shunchalik qattiq shikastlanganki endi, u o’z vazifasini bajara olmaydi. Judayam kuchli og’riq kuzatiladi, bemorga kuchli og’riq qoldiruvchi vositalar tayinlanadi.

Ushbu bosqichda xastalikning rivojlanishini to’xtatishning imkoniyati yo’q. Prognoz, odatda, salbiy. Yangi jigar ko’chirib o’tkazilmasa odam kasallikning og’ir asoratlaridan nobud bo’ladi. 

Sirroz bilan qancha yashash mumkin?

Vaqtida boshlangan yetarli darajadagi davolash bilan patologik jarayonning rivojlanishini to’xtatish mumkin. Yo’ldosh kasalliklarning mavjudligi, asoratlar, bemorning turmush tarzi, sirrozning kasalligining bosqichi ham  muhim yashab qolish ko’rsatkichida muhim rol o’ynaydi.

Agar gepatotsitlarning (jigar hujayralarining) katta qismi o’z faoliyatini saqlab qolgan bo’lsa. Undan tashqari bemor turmush tarzini qayta ko’rib chiqib zararli odatlaridan voz kechsa va shifokor tomonidan belgilab qo’yilgan terapevtik sxemaga rioya qilsa, bemorning umr ko’rish ko’rsatkichi 7 yil va undan ko’p. Bunday qulay prognoz faqat kasallikning kompensatsiyalangan formasiga nisbatan amal qiladi.

Subkompensatsiya formasida o’rtacha umr ko’rish muddati taxminan 5 yilni tashkil etadi. Buning sababi, gepatotsitlar asta-sekin kamayib borishi va oxiri ularning miqdori a’zoning normal ishlashi uchun yetarli bo’lmay qoladi.

Dekompensatsiya bosqichidagi bemorlarning 40% dan ko’prog’i uch yil yashaydi.

Bundan tashqari, ayrim kriteriylarga ko’ra, xastalikda yashab qolish muddat prognozini hisoblash uchun maxsus ishlab chiqilgan tizimlar mavjud. Bular orasida «Chayld-Pyu» prognostik tizimi, Koxning proporsional xavf modellari va boshqalar mavjud. Ularning hammasi kasallikning kechishi va oqibatlari haqida nisbatan yuqori aniqlikda taxmin qilishga imkon beradi.

Chayld-Pyu bo’yicha jigar sirrozi kasalligi klassifikatsiyasi

Xastalikning o’g’irlik darajasini shifokorlar Child and Pyu tomonidan tavsiya etilgan tasnif bo’yicha baholash imkoniyati mavjud. Ushbu metodda har bir jigar sirrozi kasalligi belgilariga ma’lum miqdorda ballar beriladi. Mutaxassislar to’plangan ballarga qarab kasallikni uchta sinfga bo’ladilar A, B va C. Har bir sinf uchun o’ziga mos og’irlik darajasi bor.

Har bir simptomga 1 ball beriladi, agar bemorda:
  • Astit kuzatilmaydi;
  • Bilirubin 1 litrga 34 mkmol dan kamroq;
  • Jigar ensefalopatiyasi kuzatilmaydi;
  • Protrombotik indeks 60 dan ortiq, protrombin vaqti 1dan 4 gacha;
Belgilarning har biriga 2 ball quyidagi holatlarda beriladi:
  • Astit bor lekin uni davolash osonroq;
  • Bilirubin 1 litrda 50 mkmoldan ortiq emas;
  • Albumin 2,8 dan kam bo’lmasa;
  •  Jigar ensefalopatiyasi mavjud, lekin yengil ko’rinishi va davolashning iloji bor ;
  • PTI kamida 40, PTV 4 dan 6 gacha, MNO 2,2 dan oshmaydi. (Labaratoriya tahlili)
Quyidagi alomatlarning har biriga 3 ball:
  • Astit bor va davolash qiyin bo’lsa;
  • Bilirubin 50 dan ortiq;
  • Albumin 2,8 dan kam;
  • Jigar ensefalopatiyasi 3 – 4 – darajalar;
  • PIT 40 dan kam,  6 dan ortiq PTV va 2,2 dan ortiq INR. (Labaratoriya tahlili)

 

Yuqoridagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi jadval.

  Baholanadigan belgilar

Child-Pyu bo’yichalar guruhlar

A (1ball)

B (2 ball)

C (3 ball)

Plazmadagi umumiy bilirubin, mmol / l (mg / dL)

<34 mmol / L (<2 mg / Aaysh)34-50 mmol / l (2-3 mg / Aaysh)> 50mol / L (> 3 mg / Aaysh)

Qon plazmasi albumin , g

> 3.5 g

2.8-3.5 g

<2.8 g

Astit

(qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishi)

Yo’q

Davolash osonroq

Og’ir, nazorat qilish murakkab

Jigar ensefalopatiyasi

Yo’qI-II darajali (yengil, terapevtik nazorat ostida)

III-IV darajali (og’ir, nazorat qilish murakkab)

Protrombin indeksi (PTI),%

 protrombin vaqti (PTW), p

xalqaro normallashgan munosabatlar (INR)

> 60%

1-4 b

> 1.70

40-60%

4-6 soniya

1.71-2.20

<40%

> 6 soniya

> 2.20

 

Ballarni hisoblash va baholash

  1. Agar bemor to’plagan ballar 5 dan 6 gacha bo’lsa, 1 yil davomida yashab qolish darajasi 100% ni tashkil qiladi, ikki yil ichida omon qolish ehtimoli esa 85% ga teng.
  2. Bemor 7-dan 9-gacha ball to’plasa u B sinfiga kiradi: 1 yil mobaynida yashab qolish darajasi 81%, ikki yillik yashovchanlik darajasi esa 57% ni tashkil etadi.
  3. C sinfi 10 dan 15 ballgacha teng bo’lsa, prognoz sezilarli darajada yomonlashadi. Omon qolishning yillik darajasi 45 foizni tashkil etadi, ikki yillik omon qolish darajasi esa 35 foizga yetadi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu baholash tizimi to’liq haqqoniy emas. U kasallikning barcha barcha alomatlarini hisobga olmaydi. Masalan qizilo’ngach tomirlarining varikoz kengayishi, ichki qon ketish va hk.

Jigar sirrozining oqibat va asoratlari

 

Kasallik, o’limga olib keladigan jiddiy asoratlarning rivojlanishi sababli bemorlarga  katta xavf tug’diradi. Ular quyidagilar

  • Astitlarning rivojlanishi, ya’ni qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishi;
  • Peritonitning boshlanishi, ya’ni qorin pardasining yallig’lanishi;
  • O’zaro me’da va oshqozon orqali o’tadigan tomirlardan ichki qon ketishining rivojlanishi. Bunda bosim pasayadi va yurak tezligi sezilarli darajada oshadi;
  • Jigar ensefalopatiyasi ;
  • Xushini yo’qotish yoki bemor ongida chalkashliklar;
  • Karsinoma jigar raki rivojlanishi;
  • Buyrak yetishmovchiligi – gepatorenal sindrom;
  • Qonda kislorod darajasi tushib ketish jigar-o’pka sindromida ;
  • A’zoning gastropatiyasi – Me’da tizimi tomonidan buzilishlar;
  • A’zoning kolopatiyasi – ichak disfunksiyasi;
  • Naslni davom ettira olmaslik – bepushtlik.

Jigar sirrozi diagnostikasi.

Bunday jiddiy tashxisni shifokor bemorni keng ko’lamli tekshiruvdan o’tkazmasdan qo’ya olmaydi. Avvalo, bemor biokimyoviy tahlilga qon topshirishi kerak bo’ladi. Agar natijalar shifokorni xavotirga solsa, u bemorni chuqurroq ko’rikdan o’tkazishga yuboradi.

Koagulogramma qon ivish tizimida muammolar bor yoki yo’qligini ko’rsatadi. Umumiy qon tahlilida gemoglobin miqdori o’lchanadi, ko’pincha, jigar sirrozi bilan og’rigan bemorlarda gemoglobin miqdori kamaygan bo’ladi. Anemiya – kam qonlik aniqlanadi. Bundan tashqari, leykotsitlar va trombotsitlar soni sezilarli darajada kamaygan bo’ladi.

Kasallikning virusli tabiatini tasdiqlash yoki inkor qilish maqsadida, gepatit – A, B, C, D va G ga tekshiriladi. Oshqozon-ichak traktidan yashirin qon ketayotganligini tekshirib ko’rish uchun tahlilga najas topshiriladi.

Buyrak yetishmovchiligi elektrolitlar va kreatin darajasida aniqlanadi. Jigar saratoniga shubha tug’ilsa, bemorga alfa-fetoproteinga qon topshirishi kerak bo’ladi.

Bundan tashqari, qorin bo’shlig’ining barcha a’zolarini va a’zoning portal tomirlarni ultratovush tekshiruvidan o’tkaziladi. Astit va taloqning kattalashgani aniqlashi muhim ahamiyatga ega.

Ezofagoskopiya yordamida shifokor qizilo’ngach va me’daning venalarining varikoz kengayishi haqida xulosa qiladi.

Tashxisni aniqlashtirish va kasallikning bosqichini aniqlash maqsadida organ biopsiyasi tayinladi. Kerak bo’lsa, shifokor bemorni jigar sintigrafiyasiga yoki KT tekshiruviga yuboradi.

Jigar sirrozini davolash mumkinmi?

Bemorlarning ko’pchiligi, shifokorning dahshatli tashxisini eshitgandan so’ng, kasallikdan butunlay qutulish mumkinmi degan savolni beradi.  Zamonaviy tibbiyotda afsuski bunday imkoniyatga hozircha ega emas. To’liq tuzalib ketishning birdan bir imkoni yangi donor jigarni ko’chirib o’tkazishdir. Ammo, jigar transplantatsiyasi har bir bemorga ham to’g’ri kelavermaydi, undan tashqari juda ham murakkab operatsiya.

Shunga qaramay, umidsizlikka tushish kerak emas, chunki agar jigar sirrozi dastlabki bosqichlarda aniqlangan bo’lsa, uni rivojlanishini to’xtatib qo’yishni iloji bor. Xastalik kechikkan bosqichlarda aniqlangan bo’lsa, shifokorlar kasallikning rivojlanishini biroz sekinlashtirishga va og’ir asoratlarning boshlanishini mumkin qadar ortga surishga qodirlar.

Jigar sirrozi davosi

Davolanishga keladigan bo’lsak, u har bir bemor uchun, har bir vaziyatda qat’iy individual ravishda belgilanadi. Sirrozning kompensatsiyalangan bosqichidagi bemorlarda xastalik sababi aniqlandi va uni bartaraf etishga qarshi choralar ko’riladi. Masalan gepatitga qarshi dorilar tayinlanadi yoki alkogolizmdan qutulishiga yordam beriladi.

Bemor aniq bir parhezga rioya qilishi zarur, diyeta tarkibida yetarli darajada oqsil va uglevodlar bo’lishi shart. Alkogol va zararli mahsulotlar butunlay iste’mol qilmaslik kerak. Barcha dori vositalari faqat shifokor tavsiyasi bilan qo’llaniladi.

Odatda, bemorga fizioterapevtik vositalar, jismoniy mashqlar, issiqlik yordamida davolanish tavsiya etilmaydi. Hech bir xalq tibbiyoti vositalaridan davolovchi mutaxassis maslahatisiz foydalanish kerak emas.

Agar bemor dekompensatsiya bosqichida yordam so’rab murojaat qilsa, jiddiy asoratlar paydo bo’lish ehtimoli yuqoriligi sabab u shifoxonada davolanadi. Ushbu davrda shifokorning asosiy maqsadi kasallikning rivojlanishining sekinlashtirishga qaratilgan. Buning uchun bemorning ahvoliga va sirroz shakli va bosqichiga qarab alohida sxema bo’yicha tanlab olingan dorilar ishlatiladi.

Mutaxassis tomonidan gepatoprotektorlar, ursodeoksikolik kislota, nitratlar va b-adrenoblokerlarni tayinlanish mumkin.

Jigar sirrozini oldini olish proflaktikasi

Sirroz – muayyan profilaktik chora-tadbirlarga amal qilish yo’li bilan oldini olish mumkin bo’lgan kasallik, shu jumladan:

  • Gepatitni malakali gepatolog yordamida davolash va belgilangan terapevtik rejimga rioya qilish;
  • Dori-darmonlarni o’zboshimchalik bilan qabul qilishni cheklash, zararli sanoat korxonalarida ishlashdan qochish;
  • Vitamin va mineral komplekslarni qabul qilish;
  • Yog’li, qovurilgan va achchiq ta’mli , konserva va yarim tayyor mahsulotlarini iste’mol qilmaslik
  • Yomon odatlardan, ayniqsa, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilishdan bosh tortish;
  • Gepatitning tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar;
  • Ovqat hazm qilish tizimining endoskopik tekshiruvini har yili o’tkazish;
  • Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish;
  • Virusli gepatit B ga qarshi emlash.

E’tiboringiz uchun rahmat.

Maqolaga baho bering

[Total: 33 Average: 4.3]

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x