Erta yoshda qari ko’nishlik sabablari

Аyollarni erta yoshda qarish sabablari bo’lgan hato odatlar.

Haddan tashqari ko’p skrablar ishlatish.

Skrablash, ya’ni terining o’lik parchalaridan xalos bo’lish – bu yaxshi, albatta. Biroq bunday muolajani haftasiga ikki martadan ortiq qilish mumkin emas. Аks holda u epidermis qatlamidagi hujayralarga zarar yetkazib, terini shamollashga moil qilib qo’yadi va shu yo’sinda teri qurishini keltirib chiqaradi.

Quyosh nurlaridan saqlovchi vositalarga bee’tibor bo’lish.



Quyosh nurlaridan saqlovchi kremlarni nafaqat quyoshda toblanish vaqtida, balki issiq ob-havoda, ko’chaga chiqishdan oldin surtish ijobiy natijalar beradi.

Meva va sabzavotlarni kam iste’mol qilish.


Noto’g’ri ovqatlanish tashqi ko’rinishgagina salbiy ta’sir ko’rsatib qolmay, balki teri holatini ham yomonlashtiradi. Shuning uchun mutaxxassislar meva va sabzavotlarni har to’rt soatda yeb turishni maslahat berishadi. Tamaddi paytida qovurilgan kartoshka o’rniga, masalan, olma iste’mol qilsangiz, taningiz sizga «rahmat» deyishi aniq.

Uyquga to’ymaslik.

Hammamizga ma’lumki, kishi salomatligi va go’zalligini ta’minlovchi omillardan biri uyqudir. Uning to’laqonli, ya’ni 8 soatlik bo’lishi esa yanada yaxshi. Аks holda ko’z tagidagi ko’k dog’lar, yuz rangining xiralashishi, charchoq kabi oqibatlar ertami-kech barvaqt qarishga olib keladi. 

Kam suv ichish.

Kuniga kamida 8 stakan suv ichish kerakligi haqida ko’p va ho’p gapirilgan. Darhaqiqat, ichimlik suvi – go’zallikning eng oddiy sirlaridan biridir. Uni tark qilish esa terining so’lib, qurishiga olib keladi. 

Shirinliklar.


Emak-ichmak tarkibida shakarning ko’p bo’lishi zarar ekani ham hammaga ma’lum haqiqatlardan. Haddan ortiq shirinliklar iste’moli nafaqat xipcha belni «yo’q»qa chiqaradi, balki terining holatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. U o’zining silliqligini yo’qotib, tez yallig’lanadigan bo’lib qoladi. 

Gazlangan ichimliklarni ko’p istemol qilish.

Odatda gazli ichimliklarni ichar ekanmiz, tishlarimizga yetkazadigan katta zararlari haqida o’ylab ham o’tirmaymiz. Ularning deyarli barchasida shakar miqdori yuqori darajada bo’ladi. Shulardan biri «Coca-cola»dir.

Chekish.

Chekish oqibatida teri o’z silliqligini yo’qotib quriy boshlaydi. Ko’zning tagida ko’karmalar hosil bo’ladi, barvaqt ajin tushadi. O’pkalarga, homiladorlik vaqtida bevosita homilaga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda organizmni stress holatiga tushiradi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x