ERTA BO‘SHALISH – BARVAQT EYAKULYATSIYA

ERTA BO‘SHALISH – BARVAQT EYAKULYATSIYA

TIBBIY DAVO

Barvaqt urug‘ to‘kilishi – erta eyakulyatsiyani Yevropa Urologiya Assotsiatsiyasi va Amerika Urologiya Assotsiatsiyasi deb ba’zan yoki doimiy sodir bo‘ladigan inson nazoratidan tashqari sodir bo‘ladigan olat qinga kirishidan oldin yoki jinsiy aloqa 2 minutgacha yetmay urug‘ to‘kilishi deb ta’riflaydi.
Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti JSST ta’rifi bo‘yicha Erta eyakulyatsiya bu — ba’zan yoki doimiy sodir bo‘ladigan, olat qin chichga kirishidan oldin yoki qin ichga kirgandan biroz keyin biroz stimulyatsiya bo‘lishi, erkak xoxishisiz sodir bo‘ladigan, erkak xoxishi bilan xech qanday nazorat qila olmaydigan, erkak va uning ayoliga kuchli bezovtalik va noqulaylik keltirib chiqaradigan urug‘ to‘kilishi.
TIBBIY DAVO
Erta eyakulyatsiya birlamchi turini simptomatik davolashning eng sodda usuli anestetik moddalarni qo‘llash. Olat boshiga anestetik modda surilishi olatning sezuvchanligini pasaytirib jinsiy aloqani uzaytiradi va eyakulyatsiyani kechiktiradi. Olat boshchasiga 10% lidokain sprey yoki emla kremini (2.5% lidokain va prilokain) suriladi. Kremni 15-20 minut dan kam bo‘lmagan vaqtga yoki ma’qulrogi 30 minutga qoldiriladi. Jinsiy aloqadan avval yoki krem yuvib tashlanadi yoki prezervativ kiyiladi. Aks xolda krem ayolda sezuvchanlikni pasaytirib yuboradi va ayol qoniqolmaydi.
Maxalliy anestetik moddalar surishda samara 90%.
Lekin lidokain sprey va kremlarni jinsiy aloqada olat qinga kirishidan oldin eyakulyatsiya qiladigan erkaklarda qo‘llash MUMKIN EMAS.
Xozirda erta eyakulyatsiyaning birlamchi turida antidepressantlarning sertoninni qayta tutuvchi guruxi dorilari beriladi. Bu dorilar miya markazlarida neyronlarda serotonin miqdorini ko‘paytirib jinsiy aloqani uzaytiradi. Samara olish uchun bu gurux preparatlarni domiy ichish kerak, “kerak bo‘lgandagina” ichish samarasiz. Doimiy ichishni nojo‘ya ta’siri bor – bu impotensiya.
Bu dori preparati asli kelib chiqishi psixiatrik bo‘lganligi uchun ko‘p mamlakatlarda uni tavsiya qilish uchun Psixiatr doktor ko‘rigi xam lozim. Retseptsiz berilmaydi. Bizning yurtga xam bu dorilar yaqinda kirib keldi. Buni xam viagrani palapartish ichgandek ichishni boshlab yubormaslik kerak. Reklama o‘z ishini bajaradi xar xolda. Alal oqibat palapartish retseptsiz ichib xar xil nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmasin.
Ikkilamchi erta eyakulyatsiyani samarali davosi sabab bo‘lgan kasallikni davolashda. Amerika Urologlar Assotsiatsiyasi va Amerika Sog‘liq Instituti NIH tasnifi bo‘yicha mikroblar sababli yuzaga kelgan kategoriya II va IV prostatitda prostata sekreti bakteriologik tekshirilishi natijasiga ko‘ra antibiotik tavsiya etiladi.
Surunkali prostatit bilan bog‘liq bo‘lgan erta eyakulyatsiya davo samarasi 70%.
Erektil disfunksiya bilan bog‘liq bo‘lgan erta eyakulyatsiyani bosqichli usulda davolanadi. Avval ereksil disfunksiya sabablari yo‘qotiladi, qondagi ko‘tarilgan glyukoza va xolesterin miqdori meyorga keltiriladi. Qon bosimi, tana vazni indeksi TVIni xam meyorlashtiriladi. Gormonal statusda prolaktin, testosteron, tiroksin, triyodtironin gormonlarida buzilish bo‘lsa kerakli chora qilinadi.
©Dr. Fayzullo Abdulxayev
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x