ERATOSFEN

ERATOSFEN (mil. av. taxm. 276, Kirena, hoz. Liviya — 194, Aleksandriya, Misr) — qadimiy yunon olimi. Aleksandriya (Iskandariya) va Afina shahrilarida tahsil koʻrgan. Iskandariya kutubxonasining boshligʻi boʻlgan. Mat. fanida tub sonlarni topish usulini taklif etgan. Matematik geografiyaga asos solgan, jumladan, yer yuzining obod qismi (eykumena) ning xaritasini tuzgan. Birinchi boʻlib yer meridiani yoyi uzunligini hisoblagan. Fanga «geografiya», «kenglik», «uzunlik» tushunchalarini kiritgan. Eratosfen xronologiya, astronomiya, tilshunoslik, falsafa va musiqa bilan ham shugʻullangan. Eratosfen asarlarining ayrim qismlarigina bizgacha yetib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x