ERGASHEV Erkin Hamidovich

ERGASHEV Erkin Hamidovich (1933.1.11 — Samarqand — 2004.8.1) — parazitologgelmintolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), veterinariya fanlari d-ri (1964), prof. (1965). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi in-ti veterinariya f-tini tugatgan (1953). Samarqand qishloq xoʻjaligi in-tida aspirant (195356), parazitologiya kafedrasi dotsenti (1957—64), veterinariya f-ti dekani (1960 —62), Oʻzbekiston Veterinariya ilmiy tekshirish in-ti direktori (1964— 65; 1978—94), ayni paytda 1965-yildan Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti parazitologiya kafedrasi mudiri.

Ilmiy ishlari gelmintlar faunasi, epizootologiyasi, biologiyasi, patogenezi, immuniteti, zooastroponozlar, chorva mollari va parrandalarning invazion kasalliklarining oldini olish, davolash va qarshi kurashning samarali usullarini ishlab chiqish va boshqalar masalalarga bagʻishlangan. «Biologiya va tibbiyot muammolari» jur. bosh muharriri (1996—2004). «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

As: Parazitologiya asoslari va trematodozlar bilan sestozlar, T., 1971 (hammualliflikda); Chorva mollarining nematodoz kasalliklari, T., 1972 (hammualliflikda); Gelmintm i gelmintozn karakulskix oves, T., 1973; Veterinariya asoslari, 2-qism, T., 1974 (hammualliflikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x