EPLTON

EPLTON (Epllton) Eduard Viktor (1892.6.9, Bradford — 1965.21.4, Edinburg) — angliyalik radiofizik. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1927). Kembrij un-tini tugatgan (1914). London un-ti (1924—36), Kembrij un-ti prof. (1936—39), Buyuk Britaniya i. t. lar departamenti kotibi (1939—49). Edinburg un-ti rektori (1949-yildan). Asosiy ilmiy ishlari radiotoʻlqinlarning tarqalishi va soʻnishiga oid. 1924 va 1927-yilda ionosferaning radiotoʻlqinlarni qaytaruvchi ikki qatlamini eksperimental ravishda topdi. Ionosferani har tomonlama tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1947).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x