EPILOG

EPILOG (epi… va — soʻz) — badiiy asarda voqea tasviridan soʻng qahramonlarning keyingi taqdirini soʻzlab beruvchi xotima qismi; qadimiy yunon dramasida xor (yoki aktyor)ning tomoshabinlarga soʻnggi murojaati (bunda sahnada yuz bergan voqea-hodisalarning mohiyati sharhlanar va muallifning niyati bayon qilinardi). Uygʻonish davri dramalarida (V. Shekspir, B. Jonson), odatda, Epilog tomoshabinlarga murojaatmonolog boʻlib, bunda pyesaning asosiy goyasi sharhlangan.

Epilog asardagi asosiy ziddiyat yechimining oqibatlarini ifodalashga, asarning gʻoyaviy samarasini bayon qilishga xizmat etadi. Abdulla Qodiriyning «Oʻtgan kunlar» romanidagi xotima Epilogning yorqin namunasidir. Ushbu Epilog orqali oʻquvchilar asar bosh qahramoni Otabekning keyingi takdiri haqida xabar topadilar. Har bir asarda Epilog boʻlishi shart emas. Baʼzan Epilog asarning bosh qismiga koʻchirilishi ham mumkin.

Musiqada ham operaning xotima qismi Epilog deb yuritiladi (yana q. Xotima).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x