EPIDIASKOP

EPIDIASKOP (epi… va diaskop) — ekranda noshaffof obyektlar (detallar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar) ning tasvirini hosil qilish, obyektlarning shaffof tasvirlari (diapozitivlar)ni ekranga proyeksiyalash (tushirish) uchun moʻljallangan proyeksion apparat. Optik sxemasining asosini diaskopik proyeksiyalash va episkopik proyeksiyalash usullari tashkil qiladi. D iaskop ik proyeksiyalashda obyektning shaffof tasviri yoʻnaltirilgan oʻtuvchi yorugʻlik oqimi dastasi bilan yoritiladi (q. Diaskop). Episkopik proyeksiyalashda (rasm) yorugʻlikdan himoyalangan quti (kojux) / da manba 2 dan keladigan nurlar sferik koʻzgular 3 va 5 yordamida shaffofmas obyektni yoritadi, diffuzion tarzda tarqalgan (q. Diffuziya) nurlarning bir qismi koʻzgudan qaytib, proyeksiyalash obyektivi 7 ga tushadi. Obyektiv tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Episkopik proyeksiyalashda diaskopik proyeksiyalashdagiga nisbatan quvvatliroq yorugʻlik manbaidan foydalaniladi. Epidiaskop fotografiya, kinematografiya va ilmiy tekshirish ishlarida qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x