ELTUZARXON

ELTUZARXON, Eltuzar Muhammad Bahodirxon (? — 1806) — qoʻngʻirotlar sulolasidan boʻlgan birinchi Xiva xoni (1804—06). Avaz inoqning oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng Eltuzarxon soxta xon Abulgʻozi V ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shu tariqa u Xivada qoʻngʻirot avlodidan boʻlgan xonlar sulolasini boshlab bergan. Bu sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qilib kelgan. Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yurgizish uchun harakat qilgan. 1804 yil E. Buxoro hududiga bostirib kirgan. Biroq Amudaryo boʻyidagi hal qiluvchi jangda xivaliklar yengilgan. Eltuzarxon davrida bir qancha meʼmoriy obidalar (mas, Xivadagi Koʻrinish xona) bunyod etilgan. Unyng saroyida tarixchi, shoir va davlat arbobi Munis ijod qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x