ELLIKBOSHI

ELLIKBOSHI — harbiy-maʼmuriy unvon. Oʻrta Osiyo xonliklarida yuzboishdan keyingi mansab; 50 nafar askardan iborat harbiy qism boshligʻi hamda 50 nafar askar ajrata oluvchi mahalla, qishloq yoki ovul rahbari. U mingboshi tomonidan tayinlangan. Bu mansab Qoʻqon xonligida keng tarqalgan. Podsho Rossiyasi Turkiston oʻlkasini bosib olgach, Ellikboshi unvoni tugatilgan.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat davrida Shermuhammadbek tomonidan Fargʻona vodiysida Ellikboshi, yuzboshi va mingboshi lavozimlari qayta tiklangan. 20-asrning 1-choragida — sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Oʻzbekiston SSRda shaharda mahalla qoʻmitasining raisi, qishloqda esa qishloq oqsoqoli Ellikboshi deb atalgan. Keyinchalik bu soʻz isteʼmoldan chiqib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x