ELIMINATSIYA

ELIMINATSIYA (lot. — ostonadan chiqaraman, olib tashlayman) — tashqi muhitning har xil abiotik va biotik omillari taʼsirida organizmlarning halok boʻlishi. Eliminatsiya yashab qolishning teskari maʼnosi. Tabiiy tanlanish va evolyutsiya jarayoni yoʻnalishini oʻrganishda Eliminatsiya shakllari turli tarzda tasnif qilinadi. Odatda, Eliminatsiya umumiy (tanlanmaydigan) va tanlanadigan shakllarga ajratiladi. Umumiy Eliminatsiya — populyatsiyaga turning ekologik plastikligidan chetga chiqadigan muhit omillarining taʼsiri natijasida individlarning ommaviy qirilib ketishidan iborat. Tanlanadigan Eliminatsiya — yashash uchun kurash taʼsirida tur individlarining atrof muhit omillariga kamroq moslashgan qismining halok boʻlishi. Tanlanadigan Eliminatsiya tabiiy tanlanish taʼsiri intensivligining koʻrsatkichi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x