ELEKTRON MUSIQA

ELEKTRON MUSIQA — 1) elektron musiqa cholgʻulari, ovoz yozish hamda ovoz taratish (magnitofon kabi) qurilmalari vositasi bilan yaratilgan musiqa asarlari. Kompozitorlik ijodida konkret musiqa, maxsus kompyuter dasturlari asosida ijod etilgan kompyuter musiqasi, kinofilm, spektakl va boshqalar uchun bastalagan amaliy Elektron musiqa kabi turlari ajratiladi. Ommabop musiqada 1970-y. lardan rivoj topib, barcha elektr va elektron musiqa cholgʻularidan keng foydalanilgan cholgʻu rok musiqa («8rase», «Tap§yeppe Vgeat» va boshqalar ansambllar), koinot mavzusida, asosan, sintezator uchun yaratilgan musika («Rtk Gʻyuuo* ansambli, Jan Mishel Jarr, Klaus Shulse va boshqalar), noaniq ritmlar, rivojlanmagan ohang parchalari, koʻp qatlamli, choʻziq akkord va shovqinlarga asoslangan «embiyent» uslubi (Brayyan Eno va boshqalar), texnik qurilmalar tovushlarining taqlidlaridan foydalanilgan t«yexno» uslubi va boshqalar ajratiladi;

2) musiqiy avangardizm yoʻnalishlaridan biri. Sunʼiy (obertonparsmz) tonlarini elektron qurilmalari hamda maxsus kompyuter dastur (algoritm)lar yordamida qayta ishlashga asoslanadi. Asoschisi AQSHda yashagan fransuz kompozitori E. Varez (1883—1965) hisoblanadi («Ekvatorial» asari, 1934 va boshqalar). 1951 yil birinchi maxsus Elektron musiqa studiyalari Yevropa (Parij, P. Sheffer va Ya. Ksenakis; Berlin, X. Eymert), keyinchalik, Amerika va Osiyo mamlakatlarida tashkil topgan, 1960—70-y. larda Elektron musiqaning milliy maktablari yuzaga kelgan (Germaniyada — K. Shtokxauzen; AQSHda — M. Bebbit, R. Seshns; Yaponiyada — T. Mayudzumi, Misrda — X. alDabxa, Rossiyada — E. Artemyev, E. Denisov, A. Shnitke; Italiyada — L. Berio, L. Nono; Polshada — K. Pendereskiy va boshqalar). 20-asrning soʻnggi choragidan Elektron musiqa Italiya (mas, Florensiya konservatoriyasi, 1970), AQSH, Yaponiya, Niderlandiya, Germaniya va boshqalar mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarida oʻqitiladi, AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Polsha va Germaniyada umumtaʼlim tizimiga ham kiritilgan.

Ad..Kogoutek S., Texnikakompozitsii v muznke 20 veka, M., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x