EKSTIRPATSIYA (lot. — ildizi bilan olib tashlash) — biror aʼzo (mas, meʼda, bachadon, taloq va boshqalar)ni butunlay yoki qisman kesib olib tashlash. Asosan, aʼzolarning xavfli oʻsmalarida ishlatiladi. Onkologiyada (meʼda, toʻgʻri ichak oʻsmasi), ginekologiyada (bachadon miomasi va boshqalar xavfli oʻsmalari), xirurgiyada (taloq shikastlanganida) qoʻllaniladi (yana q. Amputatsiya).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые