EKRAN

EKRAN (frans. — parda) — 1) tasvirlar tushirish yoki hosil qilish uchun moʻljallangan qurilma. Mas, kino Ekrani (parda), televizor E. i (shisha qurilma) va boshqalar;

2) turli nurlanishlarni yutadigan, qaytaradigan yoki insonni ulardan himoya qiladigan qurilma (mas, bug qozoni Ekrani — suvni isitish uchun issiqlik nurlarini yutadi, rentgen qurilmasining Ekrani — rentgen nurlarini koʻrinuvchi nurlarga aylantiradi va insonni ularning zararli taʼsiridan himoya qiladi);

3) radiotexnika va elektrotexnika qurilmalari va boshqalarni foydasiz va xalaqit beruvchi tashqi elektromagnit maydondan himoya qilish uchun moʻljallangan toʻsiq. Bunday Ekran elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi metall (mis, alyuminiy) dan yasaladi. Unda tashqi elektromagnit maydon oʻzgaruvchan tok hosil qiladi. Bu tok E. da ikkilamchi elektron maydonni vujudga keltiradi. Bu maydonning amplitudasi tashqi maydon amplitudasiga teng, fazasi esa qarama-qarshidir. Shuning uchun natijaviy elektromagnit maydonning taʼsiri kamayadi. Qurilmalarni bunday Ekranlar bilan taʼminlash ekranlash deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x