ELAK

ELAK — sochiluvchan mahsulotlar va materiallar (un, guruch, oxak, sement, qum va boshqalar) ni metall toʻr orqali oʻtkazib, har xil maydayiriklykdagi zarralarga ajratish (elash) uchun moʻljallangan qurilma. Roʻzgʻor, qurilish va sanoatda ishlatiladi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan Elak, asosan, dumaloq gardishli, mayda va yirik koʻzli boʻladi. Mayda koʻzlisida un, yirik koʻzlisida (bunday Elak gʻalvir deb ham ataladi) guruch va boshqalar yirikroq dondunlar, qum, sement va boshqalar elanadi. Qurilish va sanoatda mexanik Elak ishlatiladi, uning yassi (titrama, tebranma) va barabansimon (aylanuvchi) turlari bor. Bular un, qum, sement va boshqalarni elashda, konchilikda foydali qazilmalarni boyitishda (rudalarni elashda), yem va yorma tayyorlash zdlarida, oziq-ovqat sanoati va boshqalar tarmoqlarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x