EGEY DENGIZI

EGEY DENGIZIOʻrta dengiz havzasidagi yarim berk dengiz. Bolqon va Kichik Osiyo ya. o. lari va Krit o. oraligʻida. Gretsiya va Turkiya qirgʻoqlarini yuvib turadi. Dardanell boʻgʻozi orqaly Marmar dengizi bilan tutash. Mayd. 191 ming km2. Eng chuqur joyi 2561 m. Orol koʻp, yiriklari: Shim. va Janubiy Sporadalar, Kiklad o. lari va boshqalar Suvining t-rasi yuza qatlamida qishda 11 — 16°, yozda 22 — 25°. Shoʻrligi 37—38°/ O0 . Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (1 m gacha). Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Pirey, Saloniki (Gretsiya), Izmir (Turkiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x