EFIOPIYA ZOOGEOGRAFIYA OBLASTI

EFIOPIYA ZOOGEOGRAFIYA OBLASTIquruqlik zoogeografiya oblastlaridan biri. Afrikaning Sahroi Kabirdan jan. dagi qismi, Arabiston ya. o. janubi, Madagaskar, Maskaren, Kamar, Seyshel va boshqalar bir qancha orollarni oʻz ichiga oladi. Efiopiya zoogeografiya oblasti maydonining asosiy qismi savannadan iborat; tropik oʻrmonlar, butazorlar, choʻl hamda togʻ oʻsimliklari ham koʻp uchraydi. Sut emizuvchilar va qushlardan naytishlilar, sichqonqushlar, tuyaqushlar turkumlari, tillakrotlar, qunduzsimon yerqazarlar, tenreklar, tikandumli koʻrshapalaklar, uzunoyoqlilar, jiraflar, begemotlar, sesarkalar, mirzaqushlar, kitboshlar, oqqoʻtonlar, bananxoʻrlar va boshqalar oilalar endemik hisoblanadi. Efiopiya zoogeografiya oblastida hammasi boʻlib sut emizuvchilarning 38 oilasiga mansub turlar uchraydi; ulardan 6 oila: odamsimon maymunlar, lemurlar, bugʻuchalar, karkidonlar, fillar, pangolinlar Efiopiya va HindMalay zoogeografiya oblasti uchun umumiy. Efiopiya zoogeografiya oblastiga, ayniqsa, antilopalar, har xil toʻngʻizlar (ayniqsa, soʻgalli choʻchqa) xos; krotlar, bugʻular, ayiqlar uchramaydi.

Efiopiya zoogeografiya oblastida qushlarning 89 oilasi uchraydi; ulardan 12 oila, jumladan, tropik va ekvatorial oʻrmonlarda tarqalgan drongolar, asal koʻrsatuvchilar, pittalar, karkidonqushlar HindMalay zoogeografiya oblastida ham uchraydi. Chumchuqsimonlar turkumidan Efiopiya zoogeografiya oblasti uchun toʻqimachilar va nektarxoʻrlar xos. Toʻtiqushlar kam uchraydi.

Sudralib yuruvchilardan kaltakesaklar — xameleonlar, agamalar, gekkonlar, echkemarlar koʻp va xilmaxil; kobralar, qora ilonlar, pitonlar, yonboshboʻyin toshbaqalar, timsohlar E. z. o. uchun xos. Suvda va quruqlikda yashovchilardan qurbaqalar, pixli baqalar, haqiqiy baqalar, chegravalar, baliqlardan chuchuk suv havzalarida karpsimonlar keng tarqalgan; protopterus, koʻpsuzgichlilar va uzuntumshuqlilar shu zoogeografiya oblasti uchun xos. Hasharotlardan termitlar koʻp uchraydi; ularning konussimon inlarida savannalar yashaydi. Moviy kapalaklar va chigirtkalar ham keng tarkalgan. Efiopiya zoogeografiya oblasti Gʻarbiy Afrika, Sharqiy Afrika, Kap va Madagaskar kichik zoogeografiya oblastlariga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x