DYU Vinyu Vinset

DYU Vinyu Vinset (1901.18.5, Chikago — 1978.11.12) — amerikalik biokimyogar. Sent Luisdagi J. Vashington un-ti (1932-y. dan) va Kornell un-ti Tibbiyot kolleji prof. (1938-y. dan). Ilmiy ishlari asosan gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar kimyosiga oid. Dyu insulinning kimyoviy tuzilishini tekshirgan, oksitotsin (1932) va vazopressinlarning har biri yopiq qalqa shaklidagi S—S bogʻlar hosil qiluvchi 8 ta aminokislotadan tashkil topganligini aniklagan. Avstriyalik biokimyogar E. Tuppiga bogʻliqboʻlmagan holda oksitotsinni kristall holatda ajratib olgan (1953). Penitsillinni sintez qilish mumkinligini koʻrsatib bergan, V guruhi vitaminlarining olinish usullarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureata (1955).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x