DOʻL

DOʻL — yumaloq yoki turli shakldagi muz parchalaridan iborat atmosfera yogʻini. Kattaligi 5—55 mm va undan ortiqroq, baʼzan tovuq tuxumidek ham boʻladi. Yilning iliq vaqtlarida (t-ra 20° dan yuqori boʻlganda), odatda, toʻp-toʻp yomgʻirli bulutlardan kunduzi jala bilan birga yogʻadi. Yogʻinning jadalligi 0,21 dan 60 mm/s oʻrtasida oʻzgarib turadi; 1 sek. dan to 50 min. gacha davom etishi mumkin. Choʻl mintaqalarida Doʻl, odatda, mart—aprel, vodiylarda esa may— iyun oylarida yogʻadi.

Doʻl qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi; ekinzor, tokzorlar, bogʻlarni nobud qiladi. Doʻl keltiradigan zarar hajmi uning jadalligi va davom etish vaqtiga, doʻl donalarining kattaligi, zichligi va tezligiga, shamolning kuchi va selning koʻlamiga, oʻsimlikning turi va rivojlanish fazasiga bogʻliq. Doʻl ayniqsa gʻuza maysalari unib chiqqan va shonalash davrida, hosiddor mevali bogʻlar va uzumzorlarga koʻproq zarar keltiradi. Kupgina mamlakatlarda Doʻlga qarshi maxsus operativ kurash xizmati tashkil qilingan. Zenit artilleriyasi, raketalar va b. vositalar yordamida Doʻl hosil qiluvchi bulutga kimyoviy reagent (odatda, kumush yod, karbonat kislota) sochiladi. Reagent uta sovugan tomchilarni muzlatadi va ularni mayda donachalarga aylantiradi. Mayda Doʻl esa uz navbatida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida erib, yomgʻir tomchilari kurinishida yer yuzasiga yogʻadi. Reagent yetkaziladigan joy (D. oʻchogʻi) radiolokator yordamida aniklanadi. Doʻlga qarshi kurashning zamonaviy vositalarini amalda qoʻllash q. x. ekinlari hosiliga yetkaziladigan zararni birmuncha kamaytirishga imkon tugdiradi.

Oʻzbekistonda «Boshgidromet» tarkibida gidrometeorologik jaryonlarga faol taʼsir koʻrsatish boshqarmasining maxsus xizmati Fargona vodiysi, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida Doʻl xavfi boʻlgan 1 mln. gektarga yaqin maydondagi q. x. ekinlarini Doʻldan himoya qiladi (2002).

Ad.: Opasnыye gidrometeorologicheskiye yavleniya v Sredney Azii [Pod red. A. D. Djurayeva], L., 1977.

Hamidulla Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x